«BUYUK AJDODLARGA MUNOSIB AVLODLAR» TANLOVI E’LON QILINADI!
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Gʻulom Shomurodning farzandi Gʻayrat Shomurodov adibning ijodini keng targʻib qilish maqsadida hamkorlikda tanlov oʻtkazish taklifini bildirdi. Biz ularning taklifini bajon-u dil qabul qildik!
Buxorolik shoir Gʻulom Shomurodning «Buyuklar qadri» sheʼriy toʻplamida Ibn Sino, Bahouddin Naqshband, Muhammad Narshaxiy, Mahmud Torobiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek kabi koʻpgina allomalarning tariximizga qoʻshgan buyuk hissalari iftixor bilan tilga olingan.
Tariximizning ulugʻ shaxslari, allomalari, xalqparvar davlat arboblari va ijodkorlari hamda ularning tarix zarvaraqlarida qoldirgan buyuk ishlarini targʻib qilish maqsadida, «Tong yulduzi» gazetasi «Buyuklar qadri» kitobi muallifi Gʻulom Shomurodning farzandlari va Buxoro viloyati, Jondor tumani hokimligi hamkorligida «Buyuk ajdodlarga munosib avlodlar» respublika tanlovini eʼlon qiladi!
Tanlovga yuborilgan ijodiy ishlar 3 ta nominatsiya asosida saralanadi:
1. «Eng yaxshi publitsistik maqola, insho, hikoya va ertak».
3. «Buyuklar qadri» kitobidan 3 ta sheʼrni yoddan ifodali oʻqish.
Tanlovda ishtirok etishni istaganlar ijodiy ishlarni joriy yilning 30-aprelga qadar «Tong yulduzi» gazetasi tahririyati elektron pochtasi va telegram kanaliga yuborishingizni soʻraymiz! Gʻoliblar joriy yilning – «Xotira va Qadrlash» kuni arafasida taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi Buxoro viloyatida boʻlib oʻtadi.
Ijodiy ishlaringizni quyidagi manzilga yoʻllang:
Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy.
Indeks: 100011. e-mail: tongyulduzi1929@umail.uz;
telegram raqami: (94) 645-90-70.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun telefon: (0-371) 244-63-08.