Men nechun sevaman O‘zbekistonni?!
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda «Tong yulduzi» gazetasi hamkorlikda Men nechun sevaman O‘zbekistonni?! Respublika an'anaviy ijodiy ishlar tanlovini e'lon qiladi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan o‘quvchilarimizning ijodiy salohiyatini kashf qilish, shu bilan birga, ularni gazetxonlikka jalb etish maqsadida mamlakatimiz umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?!» Respublika an’anaviy ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov ishtirokchilari o‘z ijodiy ishlarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlarini aks ettirishlari mumkin.
Tanlovga taqdim etiladigan nasr (maqola, esse, ertak, hikoya), tasviriy san’at va videorolik (1 daqiqalik) yo‘nalishidagi ijodiy ishlarga qo‘shib, «Tong yulduzi» gazetasiga obuna bo‘lganlik haqidagi kvitansiya nusxasini ham birga yuborishi shart. Ijodiy ishlar joriy yilning 25-avgustiga qadar qabul qilinadi va g‘oliblar sentyabr oyida e’lon qilinadi. Tanlov ishtirokchilari ijodiy ishlarni quyidagi manzilga yuborishlari mumkin:
Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy, «Tong yulduzi» gazetasi tahririyati.
tongyulduzi1929@gmail.uz – elektron pochtasi;
94-645-90-70 – telegram raqami. Eslatib o‘tamiz: ijodiy ishlarni «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?!» tanloviga deb yozishni hamda siz bilan bog‘lanish uchun telefon raqamni yozib yuborishni unutmang!