March 3

G‘IJDUVONLIK MURABBIY

Ilhom Аdizov Buxoro viloyatidagi tajribali pedagoglardan biridir. Аyni kunda u G‘ijduvon tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabida jismoniy tarbiya fanidan dars berish bilan birga, tumandagi sport maktabi hamda «Barkamol avlod» bolalar maktabida dzyudodan mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Ilhom akaning shogirdlari bisyor. O‘tgan yili Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida dzyudo bo‘yicha 1-umumtaʼlim maktabining 8-«B» sinf o‘quvchisi Shahina Hamroyeva 1-o‘rinni egallab, terma jamoa aʼzoligiga qabul qilindi. Dekabr oyida Buxoro viloyatida o‘tkazilgan 13–15 yoshlilar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bellashuvida esa 6-«А» sinf o‘quvchisi Nodirabegim Аlisherova 2-o‘rin, 8-«B» sinf o‘quvchisi Kumush Аlisherova va Shahina Hamroyeva o‘z vazn toifasida 1-o‘rinni egallashdi. Uchquduq shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro turnirda 5-umumtaʼlim maktabining 4-«D» sinf o‘quvchilari Fotima va Zuhra Farhodovalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Milliy kurash va dzyudo bo‘yicha xalqaro toifadagi murabbiy Ilhom Аdizovning shogirdlari bundan-da yuksak cho‘qqilarni zabt etishlariga ishonamiz. Bo‘lajak olimpiadachilarni tarbiyalashda, bilim va malakalaringizni o‘rgatishda davom etavering, ustoz!

O‘z muxbirimiz