November 28

SAN’AT NAMOYISHI


Toshkent fotosuratlar uyida Turkiya ayollar rassomlarining rangtasvir ijod namunalaridan tashkil topgan ko‘rgazma tashkil etildi. Ijodkor Setenay Alpsoyning asarlarida oddiy binolar hayot haqiqatining ramzi, rang tuyg‘ularni uyg‘otuvchi vosita – inson va shahar o‘rtasidagi murakkab aloqa aks etgan. Ikkinchi zalda Emine Solakning qarashlari – suv ustidagi ranglar, miniatyuralarda tabiat uyg‘unligi...
Ko‘rgazma davomida mahorat darslari tashkillashtirildi. So‘zga chiqqan O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi rahbari Dovud Azmi Erbash san’at asarlarining tarbiyaviy ahamiyati haqida to‘xtaldi.


Hasan ABDUNAZAROV, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi