BOLALAR HIMOYADA VA O‘SISHDA
O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlangan an`anaviy “Ko`zmun 2015 – 2025” nomida bolalar rassomlari tanlovi va ko`rgazmasi tashkil etildi. Toshkent shaxri, Qashqadaryo, Namangan, Surxandaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qoraqalpog`iston Respublikasidan ihtisoslashtirilgan san`at maktab internatlari bolalarining turli janrdagi 400 nafar o`quvchilarning 400 dan ortiq turli janrdagi ijodlari o`rin olgan.
Bolalar ijodi ularning nigohidagi hayotning turli qirralari aks etgan ijod namunalari bilan tomoshabinlar faxrlandi.
Hay`at azolari ijodiy ishlarni ko`rib chiqib, 1,2,3-o`rinlarni belgiladi. Gran Pri Muhammad mustafo Mohirhojiyev (Toshkent shaxri) ga berildi. Ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovg`alari topshirildi. Uch nafar ijodkor Ikuo Xirayama Xalqaro Karvonsaroyning nominatsiyalar bo`yicha sertifikat va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.