Yulduzlarga ilk qo‘yilgan narvon
Toshkent fotosuratlar uyida O'zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi azosi rassom Qudratilla Ajimetovning "Yulduzlarga ilk qo'yilgan narvon" nomli 100 ga yaqin ijodiy ishlardan tashkil topgan shaxsiy ko'rgazmasi ochildi.
Ekspozitsiyada rassomning "Avgust dala hovli olmalari", "Maysalar ustidagi natyurmort", "Nokli natyurmort", "Yo'l", "Choyxona", "So'qoq ohanglari", "Katta amma", "Kuz", "Tog'larda kuz", "Volgada tong", "Humsonda oqshom", "Qish", "Qishki natyurmort qovoq bilan", "Shohi-Zinda", "Buloq" kabi ko'plab ijod namunalari o'zin olgan.
Ijodkor Qashqadaryo viloyatining Qarshi shaxrida tug'ilgan. Toshkent Teatr va rassomchilik institutida o'qigan. Respublika va Xalqaro ko'rgazmalarning doimiy ishtirokchisi. Arxitektura-qurilish institutida K.Behzod nomidagi milliy rassomlik institutida talabalarga dars bergan.