February 17

«IQLIM O‘ZGARISHI VA EKOLOGIYA – BOLALAR NIGOHIDA»

DIQQAT, YANGI TANLOV!

Aziz oʻquvchilar!

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi Oʻzbekiston Respublikasi bolalar va oʻsmirlarining «Tong yulduzi» gazetasi hamkorligida «Iqlim oʻzgarishi va ekologiya – bolalar nigohida» an’anaviy ijodiy ishlar tanlovini oʻtkazadi.

Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:

– Eng yaxshi maqola va insho yuborilishi (Times New Roman, 12 shriftda 1–2 varaqdan oshmasligi kerak);

– Eng yaxshi videolavha (videoda ekologiyaga oid tasvirlar ifodalangan boʻlishi, vaqti 1 daqiqadan oshmasligi kerak). Tanlov boʻyicha ijodiy ishlar 2025-yilning 10-may kuniga qadar qabul qilinadi.

Gʻoliblar 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni eʼlon qilinadi. Tanlovda faol ishtirok etishga shoshiling! Ijodiy ishlaringizni quyidagi manzilga yoʻllang:

Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy.

Indeks: 100011. e-mail: tongyulduzi1929@gmail.uz;

telegram raqami: (94) 645-90-70.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun telefon: (0-371) 244-63-08.

«Iqlim oʻzgarishi va ekologiya – bolalar nigohida» ijodiy ishlar tanloviga» deb yozishni hamda siz bilan bogʻlanishimiz uchun telefon raqamingizni koʻrsatishni unutmang!