JURNALISTIKA TARIXIDAN LAVHALAR
Toshkent fotosuratlar uyida matbuot va ommaviy axborot vositalari hodimlari kuniga bagʻishlangan "Arxiv sahifalaridagi jurnalistika tarixi" nomli arxiv hujjatlari foto koʻrgazmasi tashkil yetildi. Koʻrgazmada Oʻzbekiston kinofoto hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan 1930-2025-yillarga oid Oʻzbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi tomonidan taqdim yetilgan Oʻzbekistonda matbuot va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishini aks yettiruvchi 100 dan ortiq fotosuratlar namoyish yetildi. Koʻrgazmada intervyu va suhbatlar, respublika markaziy va hududiy, gazeta, jurnallar hamda teleradio studiyalarining ish jarayonlari, teledastur va yeshittirishlar tayyorlash, materiallar ustida ishlash, tasvirga olish va ovoz yozish jarayonlari, turli mavzularga bagʻishlangan matbuot anjumanlari aks yetgan.
Tadbirning ochilishida soha tashkilotlari rahbarlari, hodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, fahriylari, turli kasb yegalari va yoshlar ishtirok yetdi. Taqdirlanganlarga "Oʻzarxiv" agentligining "Soha iftihori" koʻkrak nishoni hamda bir qator jurnalistlarga "Oʻzarxiv"ning faxriy yorligʻi va yestalik sovgʻalari topshirildi.