Litseydan universitet sari
Har bir inson hayotidagi muhim bosqichlardan biri bu — ta’lim jarayonini yakunlash va mustaqil hayot sari dadil qadam qo‘yishdir.Bitiruvchilar — kelajak jamiyatining tayanchi, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shuvchi o'z yo'nalishi dagi bo'lajak kuchli mutaxassislardir.
Transport sohasining taraqqiyoti har bir davlatning iqtisodiy o‘sishi va global maydonda qay darajada raqobatdoshligi muhim o‘rin tutadi. Ushbu sohaga malakali va mahoratli shu bilan birgan moslashuvchan kadrlar tayyorlash esa oliy ta’lim muassasalarining zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. O‘zbekiston Respublikasi Transport universiteti esa aynan shu yo‘nalishda yetuk mutaxassislarni tayyorlaydigan yetakchi oliygohlardan biridir. Darvoqea mazkur oliygohning o'ziga ixtisoslashgan kolleji mavjud ya'ni Toshkent davlat transport Universiteti akademik litseyi nomi bilan Shayxontohur tumani Labzak dahasida joylashgan bo'lib xozirgacha faoliyat yuritib kelmoqda. Biz o'sha yerda tahsil olayotgan Turatov Oybek ismli bola bilan suhbatlashdik, Oybek asli Jizzax viloyatidan bo'lib ayni damda kollejiga yaqin bo'lgan mahallada istiqomat qilar ekan, uning aytishichi bo'yicha bittiruvdan keyin litseyning o'z Universitetiga topshirishni rejalashtirayotgan ekan shuningdek u maqsadlarini batafsil shunday aytib berdi "Xozirda iqtisodiyot yo'nalishiga topshirishni ko'zlab turibman qiziqishim bor lekin hali fikrim o'zgarishi ham mumkin ilgari Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetiga kirishni xohlar edim tanlov uchun biroz vaqt kerak deb o'ylayman" deydi "Turatov Oybek". Litseyning yana bir o'quvchisi Uzakov Yoqub bilan ham muloqot qildik. Undan litseyni bitirganidan so'ng nima qilishini umuman qanday rejalari borligini so'radik Uzakov Yoqub esa shunday javob berdi "Litseyni bitirgach, ta'limni Transport universitetida davom ettirish niyatim bor. Bolalikdan texnika va transport sohasiga qiziqib kelganman, ayniqsa, logistika va transport tizimlarini boshqarish yo‘nalishi meni o‘ziga tortadi. Shu sababli, oliy ta’limda ham ushbu sohaga ixtisoslashib, kelajakda yurtimiz transport infratuzilmasining rivojiga hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lishni maqsad qilganman. Hozirdanoq o‘zimni ustimda ishlashni, qo‘shimcha bilimlar olishni boshlaganman. Yaxshi natijalar ko‘rsatib, grant asosida o‘qishga kirishni istayman. Kelajakda esa xalqaro tajribalarni o‘rganib, zamonaviy transport tizimlarini mamlakatimizda ba'rpo etishni xohlayman". deb aytadi "Uzakov Yoqub"
Mamlakatda transport sohasining rivoji bevosita malakali kadrlar tayyorlash tizimi bilan bog‘liq. Transport universiteti litseyi bitiruvchilari bilan o‘tkazilgan intervyular shuni ko‘rsatdiki, bu dargohda nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalar, mustaqil fikrlash, innovatsion yondashuv va kasbiy mas’uliyat hissi shakllantirilmoqda. Bitiruvchilarning fikr va mulohazalari orqali kollejdagi o‘quv jarayonining samaradorligi, mavjud imkoniyatlar, shuningdek, rivojlantirilishi lozim bo‘lgan jihatlar aniqlanadi. Bu esa kelajak avlod ta’limi uchun muhim yo‘l xaritasini belgilashga xizmat qiladi.