RANGTASVIR KO‘RGAZMASI
Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi rassom Anvar boboning 50 ga yaqin rangtasvir ijodiy ishlaridan tashkil topgan "Akvant" nomli ko‘rgazma tashkil etildi.
Ular turfa mavzularda bo‘lib, mamlakatimiz tabiat manzaralari, yil fasllari, zamin ne’matlari, turmush tarzimizdan lavhalar aks etgan. Bularga ayrim tomoshabinlar o‘zlari nom qo‘ya boshlashdi.
Rassom 1980-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik bilim yurtida hamda Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI da o‘qigan. Shaxsiy ko‘rgazmalari namoyish etilgan.
Asarlari O‘zbekiston davlat san’at muzeyida, O‘zbekiston Bank galereyasida, xorijiy mamlakatlarda shaxsiy to‘plamlarda uchratish mumkin.
Hasan ABDUNAZAROV, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi