March 3

OBOD MASKAN

«Iqlim o‘zgarishi va ekologiya bolalar nigohida» tanloviga

Ko‘pchilik insonlar ongida ekologik muammolar deganda, insonlarning tabiatga yetkazgan zararlari tushuniladi. Misol uchun: bir inson o‘rmon yaqinida yashaydi va uyini isitish maqsadida o‘sha atrofdagi daraxtlarni kesadi, undan chiqayotgan tutun tabiatga zarar yetkazmay qolmaydi.

Buning oqibatida qanchadan qancha tirik mavjudotlar zaharlanadi. Tabiatga zarar yetkazish deganda, faqatgina daraxt kesish tushunilmaydi, ko‘chalarga chiqindi tashlab ketish va bundan tashqari, park va istirohat bog‘lariga qurilgan hovuzlarga turli keraksiz buyumlarni tashlash ham shular jumlasidandir... Buning natijasida, chiqayotgan yomon hid ko‘plab insonlar sog‘ligi yomonlashishiga omil bo‘ladi. Ushbu muammolar, albatta, o‘z yechimini topmasdan qolmaydi.

«Yashil makon» loyihasi asosida yurtimizning ko‘p joylariga manzarali va mevali daraxtlar, archalar ekilmoqda. Natijada, mamlakatimiz obod maskanga aylanadi. Bu orqali tabiatga qilinayotgan g‘arazliklarga chek qo‘yilmoqda. Zero, tabiatni asrashga barchamiz birdek mas’ulmiz!

Madinabonu BOZORBOYEVA,

Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 61-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi