OTASINI SUYUNTIRGAN QIZ
«Buyuk ajdodlarga munosib avlodlar» tanloviga
G‘ulom Shomurodovning «Buyuklar qadri» kitobidan joy olgan turkum she’rlarni o‘qib chiqdim. Buyuk ajdodlarimiz timsoli she’riy satrlarda juda chiroyli ifodalangan. Kitobda keltirilgan insonlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plashga kirishdim. She’rlarni yodlay boshladim.
Buyuk ajdodimiz, jangchi Turkon xotunning dushmanlardan o‘z elini qattiq himoya qilishini o‘qib, vatandoshimiz kabi yurtimni himoya qilishga doim tayyor turishim kerakligini angladim. Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Rixsixonim Ibrohimova ijodi she’riy tarzda ifodalangan «Sahnaning joni» nomli she’r menda katta taasurot qoldirdi.
…Sahna bu – aktyorning hadsiz jahoni,
Adabiyot va san’atni birday e’zozlab keladigan uning otasi san’at sohasida omadini sinab ko‘rishni maslahat beradi. Omadi kelib, talabalikka qabul qilinadi. Buni eshitgan otaning quvonchi cheksiz edi. Ota uchun farzand quvonchidan quvonchliroq baxt bo‘lmasa kerak. Mana shunday o‘zbekning oqila onalari timsolini mohirona ijro etgan Rixsixonim Ibrohimova biz uchun hayot maktabi, boshqa millat vakillariga esa o‘zbek ayolining yorqin misolidir. Buning uchun esa otaning yurakdan qilgan niyatining ijobatidir.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan har yili umumta’lim maktablarida «Turon» maktab teatri» tanlovi o‘tkazilib kelinayotgani o‘quvchi-yoshlarni teatr sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini orttirmoqda, sahna madaniyatining shakllanishiga, nutq mahorati oshishiga sabab bo‘lmoqda. Men ham ushbu tanlovda doimiy ravishda qatnashib kelmoqdaman. Ustozlarimiz yordamida O‘tkir Hoshimovning «Dunyoning ishlari» asaridan ham parcha tayyorladik. Ustozim menga «Ona» rolini ishonch bilan topshirdi. Uning maslahati va internet tarmoqlaridan Rixsixonim Ibrohimovaning ijro etgan ona rollarini qayta-qayta ko‘rib, sahnada jamoamiz bilan maromiga yetkazib ijro etdik. Tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldik. Shoir G‘ulom Shomurodning yigirmaga yaqin kitoblari chop etilgan ekan. Hali qolgan asarlarini ham o‘qish niyatidaman.
Farg‘ona viloyati, Rishton tumanidagi 19-umumta’lim maktabining 9-«A» sinf o‘quvchisi
«Tong yulduzi» gazetasining 2025-yil 11-sonida chop etilgan.