Ko‘p qirrali ijodkor ko`rgazmasi
O‘zbekiston badiiy akademiyasining Ikuo Xiroyama xalqaro madaniyat karvonsaroyining katta ko‘rgazmalar zalida ijodkor Bahodir Zokirovning shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirning ochilishidagi davra suhbatida ta’kidlanganidek ijodkor madaniyatimizning mashhur vakillari oilasida tarbiyalandi. Bahodir yoshlikdan san’atga mehrli bo‘lgan. Bobosi O‘zbekiston xalq artistlari Karim Zokirov va Shoista Saidova, ota-onasi O‘zbekiston xalq artistlari Botir Zokirov va Erkli Malikboyevalardan san’at sirlarini o‘rgangan. Oiladagi ijodiy muhit uni nafaqat rassom shuningdek kompozitor, shoir, rejissior, aktyor, musiqalar yaratgan bastakor bo‘lib yetishtirdi. Ijodiy izlandi.
Baxodir Zokirov 1965-yili 2-dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan.
Ekspozitsiyada ijodkorning “Kvartet”, “Skripka”, “Duet”, “Choyxona”, “Kulol”, “Raqs”, “Darvesh”, “Tush”, “Kun”, “So‘filar”, “Hotira”, “Do‘mbira”, “Suv tashuvchi”, “Kelin”, “Kuz”, “Deraza”, “Qiz”, “Chavandoz”, “Sahna”, “Sirk” kabi ijod namunalari tomoshabinni befarq qoldirmadi.
Hasan ABDUNAZAROV