May 4

SIZ QANDAY MULTFILM TOMOSHA QILASIZ?

Multfilmlar — bu nafaqat qiziqarli, balki tarbiyaviy jihatdan foydali bo‘lishi ham mumkin. Yaxshi multfilmlar bolalarga halollik, sabr, mehribonlik, rostgo‘ylik va ota-onani hurmat qilish kabi fazilatlarni o‘rgatadi.

Hazrat Muso (alayhissalom) haqida multfilm – Bu multfilmda Muso payg‘ambarning jasorati, zolimlarga qarshi sabr bilan kurashgani va Allohga bo‘lgan ishonchi ko‘rsatiladi. Bu film bizga adolatli bo‘lishni o‘rgatadi.

Hazrat Yusuf (alayhissalom) haqida multfilm – Yusuf payg‘ambar hayoti orqali sabr, kechirimlilik va akalarga hurmat qilish haqida ko‘p saboqlar olish mumkin.

Bola va Podshoh (The Boy and the King) – Bu multfilmda bir bola haqiqatni tanlab, yomonlikka qarshi qanday kurashgani haqida hikoya qilinadi. Unda jasorat, vafodorlik va Allohga ishonch bo‘yicha saboqlar bor.

Payg‘ambarimiz Muhammad (sallallohu alayhi vasallam) hayoti – Bu multfilmda eng go‘zal axloq egasi bo‘lgan Muhammad (s.a.v.) hayotidan o‘rnak olishimiz mumkin. U bizga halollik, kechirim, sabr va insonlarga mehr bilan munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi.

Umar va Hana – Bu zamonaviy multfilm kichik bolalarga duo qilish, ota-onaga quloq solish, tozalikka rioya qilish kabi kundalik yaxshi odatlarni o‘rgatadi.

Burka Qahramoni (Burka Avenger) – Bu multfilmda ayol ilm va adolat bilan yomonlikka qarshi kurashadi. U bolalarga o‘qish va bilim olishning naqadar muhimligini ko‘rsatadi.

Xulosa:

Tarbiyaviy multfilmlar bolalar uchun juda foydalidir. Siz ham vaqtni foydali o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, shunday multfilmlarni tomosha qiling. Tomoshadan keyin esa oilangiz bilan ko‘rganlaringiz haqida suhbatlashing — bu sizni yanada aqlli va mehribon qiladi!

Navro‘za ILYOSOVA,

O‘zDJTU talabasi