February 7

«NAVOIY YODI ILA YASHAYMIZ MUDOM»  

Bugun ulug‘ shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlab, «TIQXMMI milliy tadqiqot unversiteti «Inter house Tashkent» akademik litseyida adabiy kecha boʻlib oʻtdi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili va adabiyoti va folklori instituti, O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi bo‘limi doktoranti, navoiyshunos Marvarid Nurboyeva, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Tolib Mo‘minov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abdumajid Azimov, «Tong yulduzi» gazetasi bo‘lim muharriri Nodira Nazarova so‘zga chiqib, hayotimizdagi har bir masala yechimida alloma ijodiga ehtiyojimiz borligini barchamiz anglamog‘imiz lozimligini, sermazmun misralarini chiroyli tarzda sharhlab berishdi. Ruboiy yoki tuyuq aytib bera olgan, zukko o‘quvchilarga «Tong yulduzi» gazetasi tahririyati nomidan kitoblar sovg‘a qilindi.

Shahrizoda SOLIHOVA,

O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti 2202 guruh talabasi