April 17

Tanlov g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va “Tong yulduzi” gazetasi hamkorligida “Boylikni bolalikdan asrang!” tanlovi o‘tkazilgan edi. Bugun «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi binosida mazkur tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirishda “Yashil maydon” umummilliy loyihasi, “Yashil bog‘lar”, “Yashil jamoat parklari”, “Yashil qalqon” va “Yashil qoplama” himoya o‘rmonzorlarini tashkil etish, ota-bobolarimiz udumi – yurtimizni ko‘kalamzorlashtirish, bahor oylarida daraxt ekish odatini ommalashtirish, targ‘ib etish maqsadida «Men ko‘chat o‘tqazaman» aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Ahamiyatlisi, tanlov g‘oliblarining har biri mevali daraxt ko‘chatlari ekdi.