TA'TILDA 20 ASAR
Yozning ayni jazirama pallasi.Huv ulkan o'rik daraxtining soyasida bir qizcha mukka tushgancha berilib kitob o'qiyapti. Ta'til bolalarga bir oy o'tayotgan bo'lsa - da , bu holat har kuni takrorlanaveradi.
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi 62 - umumta'lim maktabining 5 -,,A" sinf o'quvchisi Umida Ruziyeva o'quv yili yakunida ustoziga so'z berdi . U ta'til davomida 20 ta badiiy kitob mutolaa qilib , yangi o'quv yili boshlanganida asarlardan olgan taassurotlarini ustozi va tengdoshlariga so'zlab bermoqchi . Bugun o'qiyotgani O'zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To'xtaboyevning ,,Sariq devni minib " asari .Tirishqoq o'quvchi Umidaning so'zining ustidan chiqishiga ishonamiz . Aziz o'quvchi ! Siz qanday asar mutolaa qilmoqdasiz ?
Rayhona Yarasheva Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi 62-umimiy o'rta ta'lim maktabining 5-,,A" sinf o'quvchisi