TEATR…
O‘zbekiston Davlat Akademik Drama Teatri – mamlakatimizdagi eng qadimiy va nufuzli sahna san’ati maskanlaridan biridir. Teatr 1914-yilda Toshkent shahrida tashkil topgan bo‘lib, uning ilk nomi “Turkiston xalq san’ati truppasi” edi. Keyinchalik u o‘z faoliyatini kengaytirib, 1934-yilda Davlat Drama Teatri maqomini oldi va 2001-yilda “Akademik” maqomiga ega bo‘ldi.
Teatrning shakllanishi va rivojlanishida taniqli san’atkorlar – Mannon Uyg‘ur, Abror Hidoyatov, Nabi Raximov, Tohir Safaev va boshqa ustoz aktyorlarning hissasi beqiyosdir. Ushbu teatrda milliy sahna san’ati asoslari yaratilgan, klassik va zamonaviy dramaturgiyaga asoslangan ko‘plab asarlar sahnalashtirilgan.
Teatr binosiga kirganingizda, sizni qadimiy uslubda bezatilgan foyye qarshi oladi. Devorlardagi mashhur spektakllarning suratlari, aktyorlarning portretlari va mukofotlar bilan tanishishingiz mumkin. Ichkarida tashrif buyuruvchilarga yo‘l ko‘rsatadigan xodimlar, bilet nazoratchilari va mehmondo‘st kutilish muhitini yaratadigan ishchilar faoliyat yuritadi.
Shuningdek, teatr ichida kichik kutubxona va kutish zonasi, ko‘rgazmalar tashkil etilgan burchaklar mavjud bo‘lib, bu yerda teatr tarixiga oid eksponatlar bilan tanishish mumkin.
Sahnalashtiriladigan spektakllar
Teatr sahnasida o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara durdonalari muntazam sahnalashtirib kelinadi. Quyidagi mashhur spektakllar teatr repertuaridan o‘rin olgan:
“Farhod va Shirin” – Alisher Navoiy asari asosida
“Otello” – Uilyam Shekspir dramasi
“Tushkunlik” – zamonaviy o‘zbek dramaturgiyasidan
“Oltin devor” – tarixiy sahna asari
“Mehr” – ijtimoiy-psixologik spektakl
Har bir spektakl aktyorlar mahorati, dekoratsiyalar, yoritish va musiqiy bezaklar bilan tomoshabinni o‘ziga tortadi.
Bugungi kunda teatr o‘zining klassik an’analarini zamonaviy yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirgan holda, tomoshabinlarga mazmunli, badiiy jihatdan mukammal spektakllarni taqdim etmoqda. Yosh aktyorlar va rejissyorlar teatrning ijodiy jamoasiga qo‘shilib, yangi asarlarni sahnalashtirishda faol ishtirok etmoqda. Har mavsumda yangilanadigan repertuar esa teatrga yangilik va jonlanishlar olib kiradi hullas bir so’z bilan aytganda teargas borasizmi?