August 7

DO‘STLIK NIGOHI

Toshkent Fotosuratlar uyida Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan o‘tayotgan «Do‘stlik festivali» doirasida Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita va milliy-madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘tkazilgan tadbirlar yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlaridan lavhalar aks etgan fotosuratlar namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma ochilishidagi davra suhbatida so‘zga chiqqanlar bunday ko‘rgazmalarning yurtimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik rishtalarini mustahkamlashda muhim hissa bo‘lishini ta’kidlashdi.

Hasan Abdunazarov