U harbiy bo'lmoqchi
Jahongir bu yil 3-sinfni yakunladi. Jajji bolakay har tong ikki qo'zichoq va bir buzoqchasini yaylovga olib chiqar ekan, oftob qiyomga kelgunga qadar u yoqdan bu yoqqa qarab huddi harbiylar singari safga qadam tashlashni mashq qildi. Uning bu odatiga hayron qolayotgandirsiz? Aslo hayron bo'lmang!
Jahongir Ismoilov kelajakda harbiy bo'lmoqchi . Maqsadi amalga oshishi uchun hozirdanoq a'lo o'qish va jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini mumtazam davom ettirishi zarurligini u yaxshi biladi Uning harbiy bo'lish orzusini eshitgan tog'asi harbiy xizmatda kiygan askarlik formasini sovg'a qildi.
To'g'ri askarlik formasi hozircha unga kattalik qiladi . Ammo u yillar o'tib tog'asi sovg'a qilgan askarlik formasini kiyib ,qo'shni tumandagi bobojonisini xursand qilmoqchi !
Ha , ezgu niyat qachonlardir amalga oshishi shubhasiz!
Navoiy viloyati Xatirchi tumani MMTB ga qarashli 62 - maktab 3-"A" sinf o'quvchisi