URUSH BOLALARI HOTIRALASHNI VASIYAT QILISHGAN
Oʻzbekiston badiiy akademiyasi Rossiya federasiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi yelchihonasi tashabbusi bilan Toshkent fotosuratlar uyida grafik rassom Anvar Mamajonovning 1941-yil 22-iyunda ulugʻ Vatan urushi boshlanishining 85 yilligiga bagʻishlangan "Urush bolalari" nomli grafik asarlar koʻrgazmasi tashkil yetildi.
Turli kasb egalari, ijodkorlar, OAV vakillari, yoshlar qatnashgan tadbirning ochilishidagi davra suhbatlari, fikr almashishlar va boshqa tarqatilgan materiallarda ta’kidlanganidek muallif bir necha yil davomida tanlagan sohani oʻrganib halok boʻlgan, asirlik va lagerlarni boshdan kechirgan, ochlik va yaqinlarining vafotiga guvoh boʻlgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni toʻplagan. Ma’lumki ikkinchi jahon urushi bolalarning quvonchli va begʻubor bolalikdan mahrum yetdi. Bolalar nafaqat turli sharoitlarda balki konslagerlarda ham halok boʻla boshladi. Davlat siyosatiga aylangan nasizm koʻplab bolalarni kelib chiqishiga qarab yashash huquqidan mahrum yetdi. Urush davrida urush maydonlaridan yevakuvasiya qilingan aholi va 250 000 dan ortiq bolalar uchun Oʻzbekiston ham ikkinchi uyiga aylandi. Koʻrgazmada muallifning boshqa asarlari bilan bir qatorda ilk bor "Bolalikda qolib ketganlar" nomli yangi turkum namoyish qilindi. Ushbu grafik asarlarda bir kun ichida ulgʻayishga majbur boʻlgan bolalarning nigohlari chizilgan portretlari oʻrin olgan. «Urushning bolalar qiyofasi» tariximizni yanada chuqurroq oʻrganishga, tinchlik uchun kurashishga chaqiradi. Rassom Anvar Mamajonov 1950-yili Toshkent shahrida tugʻilgan, Toshkent teatr va rassomchilik institutida oʻqigan. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq rassomi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.