YALMOG‘IZ BLOGERMISH...
Barchamizga maʼlumki, hozirgi kunda bolalar va yoshlarni telefonlar dagi oʻyinlar, internet tarmoqlaridagi kerakli va keraksiz xabarlar va blogerlarning hayoti va «ijodi» qiziqtirmoqda.
Mana shunday holatlarni qisqartirish, oʻsib kelayotgan yoshlarimizning boʻsh vaqtlarini unumli oʻtkazish maqsadida Toshkent viloyati, Toshkent tuman Madaniyat boʻlimi tasarrufidagi 71-Gulzor madaniyat markazida «Gʻalaba» teatr studiyasi tashkil etildi. Yaqinda mazkur teatr studiyasi tomonidan bolajonlarga Madaniyat markazi toʻgarak rahbari Dilyor Rahmatullayev muallifligida «Yalmogʻiz blogermish» deb nomlangan spektakl namoyish etildi. Bolajonlarga oʻzini «Yalmogʻiz» emas, «Yallola qiz» deb tanishtirgan qahramon,oʻrmondagi jonivorlarini trend olamiz, deb yoʻldan uradi, oxiroqibat, buni uddalay olmay, har bir ishga kirishishdan oldin malaka, bilim zarurligini, buning uchun esa koʻp kitob oʻqish kerak ekanligini tushunib yetadi.
Kuni kecha «Vijdon qoʻshigʻi» nomli spektaklni bolajonlar oʻzgacha ishtiyoq bilan qarshi oldilar. Teatr qahramonlari va vijdon bilan kechgan voqealar rivoji bolajonlarni oʻziga jalb etdi. Spektakldagi tarbiyaviy jihatlarga boy boʻlgan muvaffaqiyatli ijro etilgan obrazlar orqali bolajonlar oʻzlariga kerakli xulosalarni oldilar.
Toshkent tumanidagi 71-Gulzor madaniyat markazi rahbari