November 14

YOSH RASSOMLAR KO‘RGAZMASI

Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zaolari, O‘zbekiston badiiy akademiyasining stajor tadqiqotchilaridan to‘rt nafar yosh rassomlar ijod namunalaridan tashkil topgan ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada taqdim etilgan ijodiy ishlar har bir ijodkorning turli mavzularda o‘z ichki olamini qiyofalar, ranglar, kompozitsiyalar orqali ochishga harakatini ko‘rish mumkin.
Ekspozitsiyada rassomlar Z. Qiyomov, T. Dashenov, B. Vahobjonov, M. Mirsaidovning “O‘tish triptiks”, “Muloqot”, “Bolalik”, “Zulmat ichra nur”, “Qadrdon uy”, “Qadriyatlar”, “Daraxt”, “Chopon”, “Qizil ov”, “Inqiroz”, “Muloqot” kabi ijodiy ishlari o‘rin olgan.

Hasan ABDUNAZAROV, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi