#tdau_news
🇺🇿🤝🇲🇾 TDAU delegatsiyasi DTS Group kompaniyasiga tashrif buyurdi
Malayziyaga xizmat safari davomida universitet rektori boshchiligidagi delegatsiya Pelabuhang Klang shahrida joylashgan DTS Group kompaniyasiga tashrif buyurdi. Korxona rahbari Raymond Tea Chin Keong delegatsiyani kompaniya tarixi va faoliyati bilan tanishtirdi.
Tashrif davomida baliq yetishtirish va qayta ishlashda ilg‘or texnologiyalar almashinuvi, zamonaviy baliqchilik fermalarini tashkil etish tajribalari, baliq mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash bo’yicha tajribalari ko’zdan kechirildi.
Ma’lumot o’rnida, Ushbu kompaniya baliq mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash sohasida yetakchilardan biri bo‘lib, innovatsion yondashuvi va sifati bilan ajralib turadi. DTS Group 8 ta sho‘ba korxonadan iborat bo‘lib, ularning har biri dengiz baliqchiligi va marketingi bo‘yicha muhim vazifalarni bajaradi. DTS mahsulotlari nafaqat Malayziyada, balki dunyo bozorlarida ham yetakchi hisoblanadi.