February 6, 2025

#tdau_news

#Diqqat_tezkor

📣OTM to‘lov-kontraktining 35 foizini O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berilishini bilarmidingiz?

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar to‘lov-kontrakt miqdorining 35%i O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab beriladi.

📍Ushbu imtiyozga da'vogar talabalar oʻzi tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasining O'zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkilotiga murojaat qilishlari lozim.