#tdau_news
Mazkur uchrashuv davomida o‘zaro manfaatli hamkorlik memorandumi imzolanadi. Ushbu hujjat nafaqat ta’lim va fan, balki ishlab chiqarish jarayonlarini ham chuqur integratsiyalash, zamonaviy innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish, talabalar uchun keng ko‘lamli amaliyot maydonlarini yaratish, shuningdek, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirishni maqsad qilgan.
Memorandum quyidagi yo‘nalishlarda:
— ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy qilish orqali hosildorlik va samaradorlikni oshirish;
— har yili 100 nafardan ortiq iqtidorli talabalarni ishlab chiqarish amaliyotiga jalb etish;
— universitet olimlari tomonidan kompaniya faoliyatiga bevosita ilmiy-agronomik tavsiyalar berish;
— o‘quv-seminarlar, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar va treninglar tashkil etish;
— magistr va doktorantlarning ilmiy tadqiqotlarini real ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish yo’nalishlarida xizmat qiladi.
yilgi o’quv yilida TDAUni 2614 nafar talaba tamomlaydi. Shundan:
— 1157 nafari kunduzgi ta’limning 32 ta yo‘nalishida,
— 1425 nafari sirtqi ta’limning 22 ta yo‘nalishida,
— 19 nafari magistratura bosqichida,
— 19 nafari esa qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olib, muvaffaqiyatli tamomlaydi.
Imzolangan memorandum nafaqat ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichi, balki respublikamiz qishloq xo‘jaligini raqobatbardosh, barqaror va zamonaviy rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.