#tdau_news
🇺🇿🤝🇲🇾 TDAU va Malayziyaning CAG (M) SDN.BHD konsalting kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi Malayziyaning CAG (M) SDN.BHD konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar natijasida kompaniyaning Malayziyadagi boshqarmasi bilan chorvachilik va baliqchilik sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlik chorvachilikda hamda baliqchilikda innovatsion texnologiyalar va ilg‘or usullarni o‘rganish va joriy etish, ikki tomon olimlari hamda tajribali chorvadorlari o‘rtasida tajriba almashish, mahalliy va xorijiy zotlar asosida chorva mahsuldorligini oshirish, go‘sht, sut va baliq mahsulotlarini qayta ishlash va xalqaro standartlarga mos ravishda eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish imkoniyatlarini beradi.