July 10

XUSHXABAR

🇺🇿🇨🇳 Toshkent davlat agrar universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti hamkorligida tashkil etilgan Qo‘shma ta’lim dasturlari uchun yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi!

Ayni damda Toshkent davlat agrar universiteti tarixida muhim voqea ro‘y berdi ya’ni xalqaro hamkorlik asosida barpo etilgan yangi o‘quv binosi tantanali ravishda ochildi.

🎓 Ushbu marosimda Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti rektori, professor Wu Pute, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor Narzullo Oblomuradov, Xitoylik professor-o‘qituvchilar, talabalar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Marosim davomida so’zga chiqqan ikki oliy ta’lim muassasasi rahbarlari o‘z nutqlarida mazkur loyiha xalqaro ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar yo‘lida yangi bosqich bo‘lishini ta’kidladilar.

🏫 Yangi binoda zamonaviy laboratoriyalar, o‘quv xonalari va ilg‘or infratuzilma mavjud bo‘lib, u talabalarga sifatli ta’lim olish va amaliy bilimlarini rivojlantirish imkonini beradi.

🤝 Ushbu tashabbus ikki universitet o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlab, o‘zbekistonlik va xitoylik yoshlarga bilim almashish uchun keng imkoniyatlar yaratishi shubhasiz.