September 18

Toshkent davlat agrar universitetida “5 tashabbus” doirasida tadbirlar doimiy o‘tkazilib borilmoqda

Hafta davomida universitetimizda “Besh tashabbus” loyihasi asosida turli xil madaniy-ma’rifiy, sport va ijodiy tadbirlar tashkil etildi.

Universitetmizda òtkazilgan Madaniyat va san’at yo‘nalishida she’riyat kechalari va ijodiy chiqishlarda talabalar o‘z iqtidorini namoyon etdilar. Sport tadbirlari – futbol, voleybol, shaxmat musobaqalari hamda ertalabki mashg‘ulotlar orqali sog‘lom turmush tarzi mustahkamlandi. Kompyuter savodxonligi bo‘yicha talabalar turar joylarida trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Kitobxonlik madaniyati doirasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” loyihasi talabalarning mutolaaga qiziqishini oshirdi. Xotin-qizlar bandligi bo‘yicha ham“Mohir pazanda” ko‘rik-tanlovida talaba qizlar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

O‘tkazilgan tadbirlar talabalar bilimini boyitib, dunyoqarashini kengaytirdi va ularning iqtidorini yuzaga chiqarishga xizmat qildi. Bu esa yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllanishiga munosib hissa qo‘shmoqda.