January 12, 2023

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Parkent tumanida ko‘p qavatli uylarni 2022–2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan sarhisobi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Parkent tumani bo‘yicha mavjud 62 ta mahallalardan 11 ta mahallada 133 ta ko‘p qavatli uylar mavjud bo‘lib 2777 ta xonadonlardan iborat va ushbu uylarga 3 ta: “PARKENT YOG‘DUSI BCK” MCHJ, “Xisorak Mangu Quyosh” MCHJ va “Palitayeva kommunal” boshqaruv servis kompaniyalari xizmat ko‘rsatadi.

Parkent tumani 1-sektor hududida “Navro‘z” MFY xududida 1 ta ko‘p qavatli uy mavjud, Krasnogorsk shaharchasi “Fayzobod” MFY hududida 33 ta, Tolbuloq” MFY hududida 5 ta ko‘p qavatli uylar mavjud.

2-sektorda “Istiqbol” MFY hududida 15 ta ko‘p qavatli uylar mavjud, “Objuvoz” MFY hududida 4 ta ko‘p qavatli uylar mavjud, “Gulbog‘” MFY hududida 1 ta ko‘p qavatli uylar mavjud.

3-sektorda “Quyosh MFY hududida 15 ta ko‘p qavatli uylar mavjud, Krasnogorsk shaharchasi “Oydin MFY hududida 47 ta ko‘p qavatli uylar mavjud.

4-sektorda “Yoshlik MFY hududida 3 ta ko‘p qavatli uylar mavjud, “Qo‘rg‘ontepa MFY hududida 1 ta ko‘p qavatli uylar mavjud, “Markaziy MFY hududida 2 ta ko‘p qavatli uylar mavjud, Krasnagorsk shaharchasi “Said ota MFY hududida 6 ta ko‘p qavatli uylar mavjud.

2021–2022-yilda “Asakabank”AJ tomonidan ajratilishi rejalashtirilgan 3553,3 mln so‘m kredit liniyasining tendir g‘oliblari “KAPITAL HOUSE” MCHJ va “UNIVERSAL QURILISH SERVIS” MCHJga bajariladigan ishlar hajmining 30% miqdorida, 2021 yilda yaʼni 1737.8 mln so‘m qismi ajratilgan. Bugungi kunda bajarilgan ishlar uchun 422,0 mln so‘m, jami 2159,8 mln so‘m qismi (76,7%) ajratildi.

Pudratchi “UNIVERSAL QURILISH SERVIS” MCHJ tomonidan ”Madadkor” XUJMSHga qarashli “Oydin” Politayeva ko‘chasi 37-uyning 1000 kvadrat metr tom qismini mukammal taʼmirlandi, “Yoshlik” MFY Hidoyat ko‘chasi 16-; 35-uylar hamda “Qo‘rg‘ontepa” MFY Alpomish 17-uylarning fasad qismini mukammal taʼmirlandi, “Yoshlik” MFY Hidoyat ko‘chasi 4-; 16-; 35-uylar hamda “Qo‘rg‘ontepa” MFY Alpomish 17-uylarning tratuarlari beton qoplamalar bilan qoplash ishlari yakunlandi, “Yoshlik” MFY Hidoyat ko‘chasi 16 va 35-uylarning tom qismini mukammal taʼmirlash ishlari bo‘yicha 90% ishlar bajarilgan, “Navro‘z” MFY Umar Xayyom ko‘chasida joylashgan 4-uyga tutash hududga zamonaviy hojatxona qurish ishlari 20% ishlar bajarilgan.

Bundan tashqari, Pudratchilar “UNIVERSAL QURILISH SERVIS” MCHJ xamda “KAPITAL HOUSE” MCHJlar tomonidan tumandagi 16 ta ko‘p qavatli (“Quyosh” MFYda 15 ta va “Navro‘z” MFYda 1 ta) ko‘p qavatli uylarga zamonaviy lokal isitish kozonlari o‘rnatish ishlari 70% ishlar bajarilgan.

Parkent tumani Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan ko‘p kvartirali uylarni 2022–2023-yilllar kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan

Tumanda mavjud ko‘p qavatli uylarni 2022–2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari uchun (Krasnogorsk shaharchasida) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining № 02-RA-1-8017-sonli 2021-yil 12-maydagi bayoni ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati Parkent tumanida ko‘p qavatli uylarni 2021–2022-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarida olib borilgan ishlar bo‘yicha ishlab chiqilgan Manzilli dasturlarga asosan 5 ta ko‘p qavatli uylarning tom qismini mukammal tamirlash uchun va ushbu uylarining fasad qismini, yerto‘la qsmlarini taʼmirlash va temir eshiklar o‘rnatish ishlari uchun jami 2164,9 mln so‘mlik qurilish taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda manzilli dasturlar ishlab chiqilgan va “Ko‘p xonadonli uylarni mukammal va joriy taʼmirlash xamda issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent viloyati filialiga taqdim etilgan va loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangan va tendir asosida pudratchi “Zolotoy” MCHJ hisob raqamiga 954,5 mln so‘mlik kurilish taʼmirlash ishlari amalga oshiri uchun o‘tkazilgan hamda “Zolotoy” MCHJ tomonidan qurilish taʼmirlash ishlari boshlanib 5 ta uylarning tom qismi mukammal taʼmirlash ishlari yakunlanib, fasad va ichki muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlash ishlari olib borilmokda.

Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) tomonidan “Krasnogorsk” shaharchasida joylashgan 25 ta uylarning 100 ta kirish yo‘laklari mukammal taʼmirlandi, 11 ta bolalar maydonchalari joriy taʼmirlandi hamda 4 ta ko‘p qavatli uylarning 390 kvadrat metr tom qismi joriy taʼmirlandi.

Tashabbuskor xomiylar tomonidan Parkent tumani “Gulbog‘” MFY Alisher Navoiy ko‘chasi 1-uyning fasad qismi mukammal taʼmirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ–51-52-sonli Qarorining 3-ilovasi ijrosi yuzasidan Respublika byudjet mablag‘lari hisobidan Parkent tumani Krasnogorsk shaharchasida joylashgan ko‘p qavatli uylar atrofiga 3 ta zamonaviy bolalar maydonchasi qurish, 4 ta uylarning 400 p/m irrigatsiya tarmoqlarini taʼmirlash va 80 kvadrat metr uy oldi yo‘laklariga (tratuar) beton qoplamalar yotqizish ishlari rejalashtirilgan.

Bugungi kunda Parkent tumani Krasnogorsk shaharchasida joylashgan ko‘p qavatli uylar atrofiga 3 ta zamonaviy bolalar maydonchasi qurish, 80 kvadrat metr uy oldi yo‘laklariga (tratuar) beton qoplamalar yotqizish ishlari yakunlandi.

Parkent tumanida mavjud “PARKENT YOG‘DUSI BCK” MCHJ, “Xisorak Mangu Quyosh” MCHJ va “Palitayeva kommunal” MCHJ shaklidagi boshkaruv servis kompaniyalari tomonidan qish mavsumi qattiq kelishini inobatga olgan holda tumanda mavjud barcha ko‘p kvartirali uylarning qish mavsumiga shayligini orttirish maqsadida kirish yulaklarida mavjud eshiklarga issiqlikni saqlash maqsadida prujinalar o‘rnatilda, oynalari singan podyezd romlariga oynalar o‘rnatildi va polietilen plyonkalar tortildi. Parkent tumani “Quyosh” MFY hududida joylashgan 3-uyning barcha kirish yo‘laklariga “Xisorak Mangu Quyosh” MCHJ shaklidagi boshkaruv servis kompaniyasi tomonidan zamonaviy temir eshiklar o‘rnatildi.

“PARKENT YOG‘DUSI BCK” MCHJ, “Xisorak Mangu Quyosh” MCHJ va “Palitayeva kommunal” MCHJ shaklidagi boshkaruv servis kompaniyalari tomonidan uylarning kirish yo‘laklariga energiya tejamkor harakat datchiklari va let lampalar o‘rnatildi.

Qish mavsumi yo‘llarni muzlashidan saqlash maqsadida ko‘p qavatli uylar oldiga va yerto‘lalarida qum va tuzli aralashmalar zaxira kilindi va bugungi kunda ushbu aralashmalardan foydalanilmoqda.

Паркент тумани Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш bo‘limi ахборот хизмати