Rasmiy Bayonot
December 5, 2022

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Chirchiq shahridagi issiqlik taʼminoti obyektlaridan biri bo‘lgan “Yubileynaya” qozonxonasidagi avariya holati bo‘yicha RASMIY BAYONOT (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

2022-yil 5-dekabr kuni soat taxminan 08:30da Toshkent viloyati Chirchiq shahar “Ittifoq” MFY 1-kichik nohiyada joylashgan “Yubileynaya” qozonxonasida avariya holati sodir bo‘lgan.

Voqeya joyiga zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i, “Issiqlik energiyasi” DUK va boshqa mutasaddi rahbar-xodimlar yetib borib, avariya sabablari o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, qozonxonaga 1974-yilda o‘rnatilgan “ekrannaya truba” uskunasida suv aylanmasida meʼyoridan ortiq bosim tufayli 6 ta trubasi nosoz holatga kelib qolgani aniqlandi.

“Issiqlik energiyasi” DUK ishchi-xodimlari tomonidan soat 08:30 dan so‘ng “Yubileynaya” qozonxonasi faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilib, hozirda “ekrannaya truba” uskunasi taʼmirlanmoqda.

“Yubileynaya” qozonxonasi to‘liq ishga tushishi uchun tezkorlik bilan choralar ko‘rilmoqda.

Maʼlumot uchun, “Yubileynaya” qozonxonasi:

– 175 ta ko‘p qavatli uylardan – 19 ta issitish tizimi (otopleniya) va issiq suv oladi, 136 ta uylar faqat issiq suv oladi.

– 8 ta ijtimoiy soha obyektlaridan – 8 ta issitish tizimi (otopleniya) bilan taʼminlanadi.

– 1 ta qozon va yordamchi uskunalari hamda 18 km issiqlik tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan.

VIDEOLAVHA

Тошкент вилояти Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш бошқармаси матбуот хизмати