October 21, 2022

Toshkent viloyatida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Angren shahar, Kimyogar mahallasi hududida joylashgan Angren erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi maʼmuriy binosida “Ommaviy qabul” o‘tkazildi (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

Toshkent viloyatida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o‘rgangan holda joyida, tezkor hal etish maqsadida Xalq qabulxonalari, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va energetika kompleksidagi vazirliklar, idoralar, shahar-tuman hokimliklari va hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 2022-yil 21-oktabr kuni Angren shahar, Kimyogar mahallasi hududida joylashgan Angren erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi maʼmuriy binosida “Ommaviy qabul” o‘tkazildi.

Qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev, Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Abduhalim Xolmaxmatov va Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Barxayot Meliyev, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev, ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Azlarjon Sadikov hamda viloyat va shahar korxona-tashkilot mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Ommaviy sayyor qabulida aholini qiynab kelayotgan kommunal tizimidagi masalalar va yashash sharoitini yaxshilash yuzasidan muammolar bo‘yicha 10 ga yaqin murojaat kelib tushdi.

Xususan, Shaxnoza Naruzova, Qizlargul Berdiyeva, Nataliya Shagoshnikova, Erkin G‘ulomov va boshqa ko‘p kvartirali uylarning mulkdorlari tomonidan “Tom qismi taʼmirtalabligi”, “Quvurlarni tartib bilan taʼmirlash”, “Ichimlik suvi bosimi pastligi” kabi mavzularda berilgan muammoli savollariga mutasaddi tashkilotlardan tegishli javoblar olindi.

Toshkent viloyatida 5000 ga yaqin ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, 72 ta boshqaruv servis kompaniyasi(BSK) faoliyat yuritadi. Angren shahrining 747 ta ko‘p kvartirali uylardan 22991 ta xonadonga 12 ta BSK xizmat ko‘rsatadi. Xususan:

1. “OYDIN CENTRAL SERVICE” BSK – “Bobotog‘”, “Nurchi” va “Karvon” MFY hududlaridagi 49 ta ko‘p kvartirali uylarga;

2. “ANGREN KOMMUNAL TA’MIRLASH” BSK – “Kimyogar”, “Ozodlik” va “Navbahor” MFY hududlaridagi 31 ta ko‘p kvartirali uylarga;

3. “ANGREN BOSHQARUV SERVIS KOMPANYA 24-7” BSK – “Ozodlik”, “Go‘zal” MFY hududlaridagi 184 ta ko‘p kvartirali uylarga;

4. “ANGREN PARTNYOR BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI” BSK – “Taraqqiyot” MFY hududidagi 55 ta ko‘p kvartirali uylarga;

5. “SERVICE CENTER DUKENT” BSK – “Ulug‘bek” MFY hududidagi 35 ta ko‘p kvartirali uylarga;

6. “ANGREN CITY CENTRAL SERVICE” BSK – “Dorilfunun”, “Yoshlik”, “Yangi xayot” va “Chotqol” MFY hududlaridagi 73 ta ko‘p kvartirali uylarga;

7. “DRUJBA BOSHQARUV SERVIS” BSK – “Istiqlol” va “Gulzor” MFY hududlaridagi 54 ta ko‘p kvartirali uylarga;

8. “A’LO ANGREN SERVIS” BSK – “Istiqbol” MFY hududidagi 19 ta ko‘p kvartirali uylarga;

9. “CENTR YAHYOBEK BOSHQARUV SERVIS” BSK – “Karvon” MFY hududidagi 52 ta ko‘p kvartirali uylarga;

10. “MUSTAQIL IDEAL BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI” BSK – “Mustaqillik” MFY hududidagi 97 ta ko‘p kvartirali uylarga;

11. “KOMFORT BOSHQARUV SERVIS XIZMATI” BSK – “Mustaqillik” MFY hududidagi 31 ta ko‘p kvartirali uylarga;

12. “MOUNTAINS CITY” BSK – “Yangiobod” MFY hududidagi 67 ta ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

VIDEOLAVHA

FOTOLAVHALAR

Ангрен шаҳри Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш бошқармаси ахборот хизмати