February 14, 2023
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Piskent tumanida umumfoydalanishdagi hojatxonalar taʼmirlandi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qarorining 3-ilovasiga muvofiq Piskent tumanida 2 ta hojatxona mukammal taʼmirlandi.
Piskent tumanining “Maylobod” MFY ko‘p qavatli 233 va 235-sonli uy, “Oybek” MFYdagi ko‘p qavatli 24 va 26-sonli uy mulkdorlari uchun “Teplo Kommun Stroy-Montaj” MCHJ tomonidan umumfoydalanishdagi 2 ta hojatxona mukammal taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.
Hojatxonalarning jami 110 kvadrat metr poliga kafel qoplandi. Eshik va romlar plastik eshik-romlarga almashtirildi.
Sanitar-gigiyenik talablariga rioya qilingan holda qog‘oz, paxta va boshqa chiqindilar uchun axlat qutilari joylashtirilgan.
Piskent tumani Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi axborot xizmati