Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Chinoz tumanida umumfoydalanishdagi hojatxonalar qurib bitkazildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152 sonli qarorining 3-ilovasiga muvofiq, umumfoydalanishdagi hojatxonalarni yangisini qurish va mavjud bo‘lganlarini kengaytirish (qayta qurish) uchun ajratilgan yer maydonlari iqlim sharoitlarini, ushbu joylarni relyefini, suvosti yerlarini qancha balandlikda joylashganligini, tabiiy aeratsiyani, sanitar-himoya hududlarini tashkil qilish imkoniyatini hisobga olgan holda tanlab olinmoqda.
Chinoz tumanining “Nafis” MFY temir yo‘l ko‘chasi 1-sonli, “Mevozor” MFYdagi Amir Temur ko‘chasi 6-sonli, Chiniasjid temir ko‘chasi 1 -sonli ko‘p qavatli uy mulkdorlari uchun “Chilonzor qurilish megastroy” MCHJ tomonidan umumfoydalanishdagi 3 ta hojatxona qurilib, foydalanishga topshirildi.
Hojatxona atrofidagi hudud yuzaki suvlarni oqib ketishi uchun qiyaroq qilinib beton yo‘lakchalar yotqizilgan.
Hojatxonalar lyuft-klozet ko‘rinishida qurilib, Lyuft-klozet o‘ralari tuproqga o‘tmaslikni taʼminlash uchun beton 0,5 m qatlamli prokladkalar qo‘llanilgan.
Kunduz kuni va kechqurungi vaqtda ham bilinib turadigan maxsus ko‘rsatkichlar o‘rnatilgan.
Lyuft-klozet tipidagi jamoat hojatxonalarida issiq yoki mexanik qo‘zg‘atuvchiga ega bo‘lgan ventilyatsion kanal o‘rnatilgan. O‘rani tozalash uchun qopqoqlar o‘rnatilgan.
Hojatxonalarda pol marmar uvog‘i bilan qoplangan bo‘lib, har bir 0,75 m uzunlikka ega lotokka 1,5 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan maydon ajratilgan.
Sanitar-gigiyenik talablariga rioya qilingan holda qog‘oz, paxta va boshqa chiqindilar uchun axlat qutilari joylashtirilgan.
Chinoz tumani Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi axborot xizmati