Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Bo‘stonliq va Qibray tumanlardagi issiqlik taʼminoti obyektlari holatini Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari boshchiligida ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning 2022-yil 17-oktabrdagi “2022–2023-yilgi kuz-qish davrida isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi bilan taʼminlash to‘g‘risida”gi №548-10-0-Q/22-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Bo‘stonliq va Qibray tumanlardagi issiqlik taʼminoti obyektlari holatini Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Barhayot Meliyev boshchiligida ishchi guruh tomonidan o‘rganilib chiqildi.
Bo‘stonliq tumani “Issiqlik manbai ishlab chiqarish boshqarmasi” DUK tasarrufidagi qozonxonalar
Bo‘stonliq tumani “Issiqlik manbai” uchastkasi tasarrufida jami 6 ta qozonxonalar mavjud bo‘lib, bugungi kunda mazkur 6 ta qozonxonalar orqali 37 ta ko‘p qavatli uylarni va 30 ta yuridik tashkilotlarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlab keladi jumladan;
(Manzil: Bo‘stonliq tumani “Birlik” ko‘chasi)
2 ta qozonlar (2 dona TVG-8M) va 7,491 km issiqlik tarmoqlari orqali hududdagi 2 ta yuridik tashkilotlarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-maydagi “Toshkent viloyatida tadbirkorlikni yana-da qo‘llab-quvvatlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5118-sonli Qaroriga asosan, RK-1 qozonxonasiga 9 km issiqlik tarmoqlarini qurish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda mazkur rejaga nisbatan 5,1 km quvurlarlar yotqazilib, 3,4 km qismi issiqlik qoplamalari bilan qoplanib, hozirda issiqlik quvurlarini montaj qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan 1 ta qozonxona va 1 qozon joriy taʼmirdan chiqarilib, 0,10 km issiqlik quvurlari issiqlik qoplamalari bilan qoplangan.
Tovoqsoy qozonxonasi
(Manzil: “A.Ikromov” ko‘chasi)
4 ta qozonlar (4 dona STVK) va 0,65 km issiqlik tarmoqlari orqali hududdagi 5 ta ko‘p qavatli uylarni va 12 ta yuridik tashkilotlarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlaydi.
PQ–5118-sonli Qaroriga asosan, Tovoqsoy qozonxonasiga 2 ta qozonlar o‘rnatish va 1,5 km issiqlik tarmoqlarini qurish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda mazkur rejaga nisbatan 1,5 km issiqlik quvurlari almashtirilib (100%), issiqlik qoplamalari bilan qoplangan.
Hozirgi kunda 2 ta zamonaviy qozonlar o‘rnatilib, ishga tushirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, korxonaning o‘z mablag‘lari xisobidan qozonxona binosi joriy taʼmirdan chiqarilgan.
Boyler qozonxonasi
32 ta ko‘p qavatli uylarni va 18 ta yuridik tashkilotlarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlaydi.
PQ–5118-sonli Qaroriga asosan yangi qozonxona qurish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, hozirda o‘rnatilgan rejaga nisbatan qozonxona poydevori va binosi ko‘tarilib, tom qismlari yopilgan.
Rejaga muvofiq, 5 ta qozonlar olib kelinib, muvofiqiyatli o‘rnatildi.
4,5 km issiqlik tarmoqlarini qurish bo‘yicha 2 km qismi o‘rnatilgan.
Bugungi kunda pudratchi tashkilotlar tomonidan latok qo‘yish ishlari amalga oshirilmoqda.
2-maktab qozonxonasi
(Manzil: “Raimqulov” ko‘chasi)
3 ta qozonlar (3 dona STVK) va 0,25 km issiqlik tarmoqlari orqali hududdagi 1 ta yuridik tashkilotni issiqlik energiyasi bilan taʼminlaydi.
2022–2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan 1 ta qozonxona, 2 ta qozon va 0,1 km issiqlik tarmoqlari joriy taʼmirdan chiqarildi.
3-maktab qozonxonasi
(Manzil: “Raimqulov” ko‘chasi)
2 ta qozonlar (2 dona KVG-500) va 0,44 km issiqlik tarmoqlari orqali hududdagi 1 ta yuridik tashkilotni issiqlik energiyasi bilan taʼminlaydi.
2022–2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan 1 ta qozonxona va 0,1 km issiqlik tarmoqlari joriy taʼmirdan chiqarildi.
Tug‘ruqxona qozonxonasi
3 ta qozonlar (3 dona E-1/9) va 0,15 km issiqlik tarmoqlari orqali hududdagi 1 ta yuridik tashkilotni issiqlik energiyasi bilan taʼminlaydi.
2022–2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan 1 ta qozonxona, 1 ta qozon va 0,1 km issiqlik tarmoqlari joriy taʼmirdan chiqarilib, 0,05 km qismi issiqlik qoplamalari bilan o‘raldi.
Qibray tumani “Issiqlik manbai ishlab chiqarish boshqarmasi” DUK tasarrufidagi qozonxonalar
Qibray tumani “Issiqlik manbai” uchastkasi tasarrufida jami 4 ta qozonxonalar mavjud bo‘lib, bugungi kunda mazkur 4 ta qozonxonalar orqali 56 ta ko‘p qavtli uylarni va 12 ta yuridik tashkilotlarni issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlab keladi jumladan;
1-sonli qozonxona
(Manzil: Qibray tumani “Zebuniso” MFY Zebuniso ko‘chasi)
3 ta qozonlar (1 dona TG-3/95, 1 dona 1 dona TG-1/95, 1 dona Lomakina) va 2,511 km issiqlik tarmoqlari orqali hududdagi 21 ta ko‘p qavatli uylar va 10 ta yuridik tashkilotlarni issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlaydi.
2022–2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprelda “2018–2022-yillarda issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ–2912-sonli Qarori asosida mazkur qozonxonaga qarashli 0,6 km issiqlik tarmoqlari mukammal taʼmirdan chiqarildi.
Shu bilan birga, korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan 1 ta qozonxona va 0,2 km issiqlik tarmoqlari joriy taʼmirdan chiqarilib, 0,15 km issiqlik quvurlari issiqlik qoplamalari bilan qoplangan.
2-sonli qozonxona
(Manzil: “Yangiobod” MFY Zebuniso ko‘chasi)
2 ta qozonlar (1 dona KVG-4,65, 1 dona 1 dona KVG-7,5) va 1,66 km issiqlik tarmoqlari orqali hududdagi 11 ta ko‘p qavatli uylar va 2 ta yuridik tashkilotlarni issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlaydi.
2022–2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan 0,5 km issiqlik tarmoqlari joriy taʼmirdan chiqarilib, 0,1 km issiqlik quvurlari issiqlik qoplamalari bilan qoplangan.
3-sonli qozonxona
3 ta qozonlar (KVG-2,5) 2,14 km issiqlik tarmoqlari orqali hududdagi 13 ta ko‘p qavatli uylarni issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlaydi.
2022–2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan 1 ta qozon va 0,4 km issiqlik tarmoqlari joriy taʼmirdan chiqarilib, 0,1 km issiqlik quvurlari issiqlik qoplamalari bilan qoplangan.
4-sonli qozonxona
1 ta qozonlar (Mimsan) va 2,6 km issiqlik tarmoqlari orqali hududdagi 11 ta ko‘p qavatli uylarni issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlaydi.
2022–2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan 0,7 km issiqlik tarmoqlari joriy taʼmirdan chiqarilib, 0,2 km issiqlik quvurlari issiqlik qoplamalari bilan qoplangan.
Eslatib o‘tamiz, Bo‘stonliq va Qibray tumanlardagi ko‘p xonadonli uylarning aholisiga barqaror ravishda issiqlik taʼminoti tizimiga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Bo‘stonliq va Qibray tumanlardagiko‘p xonadonli uylarning aholisiga barqaror ravishda issiqlik taʼminoti tizimiga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati