Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi: Quyichirchiq tumanida ko‘p kvartirali uylar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–408-sonli Qaroriga muvofiq taʼmirlanmoqda (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Quyichirchiq tumanida “Navqiron”, “Ibrat”, “Kurgoncha”, “Baliqchi”, “Oydinobod”, “Paxtazor”, “Tinchlik”, “Beruniy”, “Gul”, “Bog‘iston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 53 ta ko‘p qavatli uylarga “Do‘stobod Clean Citi” boshqaruv servis kompaniyasi 2021-yil fevral oyidan xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
2022-yilda mazkur BSK tomonidan 3 ta ko‘p kvartirali uylarning tom qismi 350 kvadrat metr joriy taʼmirdan chiqarildi, 11 ta uyning 37 ta kirish yo‘laklaridagi temir eshiklariga prujinalar o‘rnatildi, 6 ochkoli umumfoydalanuvchi hojatxona qurib bitkazildi, 2 ta uylarning kirish yo‘laklariga harakat chiroqlari (dachik dvijeniya) o‘rnatildi, 2 ta bolalar maydonchasidagi inventarlar taʼmirlandi.
Bundan tashqari, tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-dekabrdagi PQ–408-sonli Qaroriga muvofiq, 2 ta MFY hududida joylashgan 3 ta ko‘p kvartirali uylarni mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Taʼmirlash ishlari davomida “Bog‘iston” MFY Elobod ko‘chasida joylashgan 27-sonli uy old va orqa tarafidagi yog‘och deraza romlari o‘rnida AKFA romlar o‘rnatish, 1 ta 8 ochkoli umumfoydalanuvchi hojatxona qurish, fasadni taʼmirlash, 3 ta framuga romlarni almashtirish, 3 ta temir eshiklar o‘rnatish, 3 ta kozerog o‘rnatish, 3 ta kirish yo‘laklarini va elektr shitlarni taʼmirlash, 50 kvadrat metr tom qismini joriy taʼmirlash, 1 ta tandirxona qurish, otmoski va 3 ta tashqi yoritkich hamda o‘rindiqlar o‘rnatish rejalashtirilgan.
Mazkur Qarorga asosan “Paxtazor” MFY Navoiy ko‘chasida joylashgan 6-sonli uyning tom qismini to‘liq profnastilga almashtirish (eski holati shifer bo‘lgan), uyning old va orqa taraflarida joylashgan yog‘och deraza romlarni AKFA romlarga almashtirish, 5 ta kirish yo‘laklarini va fasadini taʼmirlash, 2 ta umumfoydalanuvchi hojatxona va tandirxona qurish, otmoski va trotuar yotqizish, 5 ta o‘rindiqlar va tashqi yoritkichlar o‘rnatish rejalashtirilgan.
Pudratchi tashkilot “ART BULDING GROUP” MCHJ tomonidan “Paxtazor” MFY Navoiy ko‘chasida joylashgan 6-sonli ko‘p kvartirali uyning tom qismi demontaj qilinmoqda, uy oldidagi noqonuniy qurilmalar buzilib, 5 ta kirish yo‘laklarini va fasad qismi taʼmirlash ishlari hamda 10 ochkoli umumfoydalanuvchi hojatxona qurish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur obyektni joriy yilning aprel oyida topshirish rejalashtirilgan. 20 nafar malakali ishchi va quruvchilar jalb qilingan.
Shuningdek, pudratchi tashkilot “PMK-PGS”MCHJ tomonidan “Bog‘iston” MFY Elobod ko‘chasida joylashgan 27-sonli ko‘p kvartirali uyni mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, uyning tom qismi joriy taʼmirlanmoqda, 3 ta kirish yo‘laklarini taʼmirlash ishlari olib borilib, 3 ta temir eshiklar o‘rnatildi. 6 ochkoli umumfoydalanuvchi hojatxona qurish va bino fasadini taʼmirlash ishlari davom etmoqda.
Mazkur obyektni joriy yilning aprel oyida topshirish rejalashtirilgan. 15 nafar malakali ishchi va quruvchilar jalb qilingan.
Bugungi kunda BSKda 4 nafar ishchi-xodimlar aholiga samarali xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Joriy yilda mazkur boshqaruv servis kompaniyasi 2 ta ko‘p kvartirali uyni kanalizatsiya tizimi bilan taʼmirlash, 8 ta kirish yo‘laklarini va 4 ta bolalar maydonchalarini taʼmirlash, 1 ta uyni tom qismini joriy taʼmirlash va hakazo ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.
Boshqaruv servis kompaniyasining moddiy-texnika bazasida payvandlash, o‘t o‘rish va santexnika ish-qurollari mavjud.
“Do‘stobod Clean Citi” BSK 24/7 ish rejimidagi dispetcherlik xizmati telefon raqami (70) 567-36-01 orqali 10 dan ortiq tom qismida yog‘ingarchilik mavsumida tomdan chakka o‘tishi, kanalizatsiya quvurlari nosoz ahvoldaligi va boshqa murojaat hamda takliflar kelib tushgan. Shuningdek, hududlarda mulkdorlar bilan o‘rganilgan muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etib borilmoqda.
Quyichirchiq tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi axborot xizmati