September 29, 2022

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida kommunal sohasida amalga oshirilayotgan eng muhim yo‘nalishlar va ustuvor vazifalarni ko‘zdan kechirdi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabr kuni Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Bo‘ka tumanidagi og‘ir mahallalarda toza ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash va Bo‘ka tumani markazida oqava suv tizimini tashkil etish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi, kommunal sohasida amalga oshiriladigan ishlar natijadorligi, mavjud muammolar hamda bajarilishi lozim bo‘lgan eng muhim yo‘nalishlar va ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini so‘zsiz taʼminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov tumanga tashrif buyurdi.

Vazir Sherzod Hidoyatov hududda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni tanisharkan, kommunal sohasidagi barcha holatlarni izchil o‘rganib, tahlil qilish davomida aholining kommunal sohada qiynab kelayotgan ko‘plab muammolari borligini, toza ichimlik suvi taʼminoti yurtdoshlarimiz kayfiyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir etuvchi muhim sohalaridan biri ekanligi, aynan shuning uchun ham kommunal soha Davlat rahbari eʼtiborida bo‘lib, amalga oshirilayotgan islohotlarimizga shaxsan o‘zlari bosh-qosh bo‘layotganligini taʼkidladi.

Tashrif chog‘ida, Sohadagi mavjud muammolar tizim faoliyatini tezkorlik bilan islohotlashtirishni talab etayotganligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumat topshiriqlari hamda Davlat dasturlarida belgilangan topshiriqlarni sifatli va o‘z muddatida bajarish, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash oldimizda turgan ustuvor vazifa ekanligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Jumladan, Bo‘ka tumanidagi mavjud 44 та mahallaning 14 tasi (32%) to‘liq ichimlik suvi bilan taʼminlanganligi, qolgan mahallalarda esa ichimlik suvi taʼminoti qisman yo‘lga qo‘yilganligi yoki umuman yo‘lga qo‘yilmaganligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash bo‘yicha 10 та mahalla hududini to‘liq xatlovdan o‘tkazish va manzilli dastur ro‘yxatini shakllantirish zarurligi to‘g‘risida masʼul rahbarlarga topshiriqlar berdi.

Bundan tashqari, 2021-yilning mart oyida rekonstruksiya ishlari to‘xtab qolgan Bo‘ka markaziy suv inshootini rekonstruksiya qilish va 20 km magistral tarmoqlarni yangilash ishlarini yakuniga yetkazish bo‘yicha “Suv taʼminoti va oqova obyektlarini qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” UK (F.Uralbayev) va Toshkent viloyati “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ (N.Aminov)larga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, “Qoraqo‘yli”, “Ibrat”, “Beshkapa” mahallalarida magistral tarmoq tortish va 2 та suv inshootini qurish ishlari oxiriga yetmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-3-iyun kunlari Tpshkent viloyatiga qilgan tashrifida belgilab bergan topshiriqlar ijrosi taʼminlanmay kelayotganligi yuzasidan tanqidiy fikrlarini bildirib, “Suv taʼminoti va oqova obyektlarini qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” UK (F.Uralbayev) va Toshkent viloyati “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ (N.Aminov)larga ushbu ishlarni joriy yilning 1-dekabrga qadar yakunlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Qirg‘izovul va Qozoqovul mahallarida ichimlik suvi taʼminotini o‘rganish natijasiga ko‘ra, 1 та suv qudug‘i qazish va 7 km suv tarmog‘ini tortish orqali ushbu mahallalarda yashovchi aholini ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantirish yuzasidan aniq topshiriqlarni berib o‘tdi.

Sohada amalga oshirilayotgan ishlarni samarali yakunlash maqsadida, Toshkent viloyati “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ tomonidan Bo‘ka tumanidagi 10 та og‘ir mahallarlarda ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida qisqa muddatlarda manzilli dastur ro‘yxatini shakllantirib, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga taqdim qilinishi maʼlum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasining Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan o‘tkazilgan 24-sonli yig‘ilish bayonnomasidagi topshiriqqa muvofiq, Bo‘ka tumanida 34 та 2 qavatli ko‘p kvartirali uylarga issiqlik qozonlari rejalashtirilgan.

Shundan, “Gidro stroy sestem” MCHJ tomonidan 26 та issiqlik qozonlari o‘rnatilayotganligini va uy mulkdorlarda mavjud issiqlik tizimi tarmoqlarini yangitdan tortish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari amalga oshirilayotganligini vazir Sherzod Hidoyatov ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlar so‘nggida, har bir masalalar hamda amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha masʼul mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Quyidagi ko‘p kvartirali uylarga qozonlar o‘rnatilmoqda.

1. “Madaniyat” MFYda 20 та uylar:

A) “O‘zbekiston” ko‘chasi – 14-, 16-, 33-, 31-, 16/1-, 16/2-, 16/3-, 16/4-, 16/5-, 16/6;

B) Nizomiy ko‘chasi – 1-, 2-, 3-, 4-, 4/2-, 4/3-, 4/4-, 4/5-, 4/6-, 4/9.

2. “Yangi Hayot” MFY – 6 та uylar:

A) Paxtakor ko‘chasi – 17-, 19;

B) “Baliqchi” ko‘chasi – 18-, 20-, 39/1-, 39/2.

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati