February 3, 2023

Chirchiq shahridagi Vohid Haydarov ko‘chasidagi ko‘p qavatli 22-uyning yerto‘lasidagi noqonuniy qurilish ishlari hududiy inspeksiya tomonidan bartaraf etildi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

2023-yil 25-yanvarda Chirchiq shahri Vohid Haydarov ko‘chasidagi ko‘p qavatli 22-uy mulkdorlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniniga muvofiq, Toshkent viloyati hududiy inspeksiyaga murojaat yo‘llagan.

Toshkent viloyati hududiy inspeksiyaning tezkor ishchi guruh tomonidan ushbu murojaatdagi vajlar o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlarga ko‘ra, tadbirkor A.X. Chirchiq shahri Vohid Haydarov ko‘chasidagi ko‘p qavatli 22-uyning yerto‘lasida amaldagi qonun talablariga zid ravishda qazilganligi va tayanch poydevor qismidan eshik ochilishi mo‘ljallanayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Toshkent viloyati hududiy inspeksiya boshlig‘i Doniyor Ahmedov boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan ko‘p qavatli 22-uyning yerto‘lasini davlat standartlarida belgilangan meʼyorlarga rioya etilgan holda, qayta tiklash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Maʼlumot uchun, Toshkent viloyati Chirchik shahridagi Vohid Haydarov ko‘chasidagi ko‘p qavatli 22-uyning yerto‘lasidagi holat bo‘yicha:

– Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi “Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi 648-son Qarori;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 07-noyabrdagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ–581-sonli Qonuni;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–5152-sonli qarori;

– O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 159-moddasi talablari qo‘pol ravishda buzilishiga sabab bo‘lgan.

FOTOLAVHALAR

Toshkent viloyati hududiy inspeksiyasi inspektori Xurramov Ulug‘bek