Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2023-yilda rejalashtirilgan ishlari to‘g‘risida maʼlumot (Foto+video)
Bosh sahifa | Русский язык
Toshkent viloyatda 161037 mingdan ziyod xonadondan iborat 4929 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud bo‘lib, ularga 74 ta boshqaruv servis kompaniyalari hamda 16 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko‘rsatadi.
Shundan 4467 ta ko‘p kvartirali uylar (91%) boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan, 98 ta ko‘p kvartirali uylar shirkatlar tomonidan va 27 tasi esa boshqaruv tashkilotlariga aʼzo bo‘lmagan uylar. Ko‘p kvartirali uylarning 337 tasi boshqa tashkilotlar tasarrufidagi uylar hisoblanadi.
Bugungi kunda mavjud ko‘p qavatli uylarning 4578 ta uylar (93%) 1991 yilgacha va 351 ta uylar (7%) esa 1991–2021-yillar oralig‘ida qurilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-sentabr kunida “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joyy fondini 2022–2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ–522-son Qarori tasdiqlangan bo‘lib ushbu qarorga asosan Toshkent viloyati hokimining 2022-yil 27-sentabr kunida “Toshkent viloyatida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joyy fondini 2022–2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 521–10-0-Q/22-sonli Qarori tasdiqlangan.
Qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
Viloyatdagi ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022–2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha 153 ta uylarning 141 ming kvadrat metr tom qismini mukammal va joriy, 328 ta uylarning kirish yulaklari, 29 ta uy ichidagi va 90 ta yertula qismidagi muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlash, 153 ta uylarning fasad qismini taʼmirlash, 215 ta temir eshiklar va 215 ta kodli qulflar hamda 288 ta elektr taqsimlovchi shitlari taʼmirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19 iyundagi PQ–5152-sonli qarori 3-ilovasiga asosan Respublika byudjetining 16 mlrd 426 mln so‘m mablag‘lari hisobiga 42 ta bolalar maydonchasi (70%) qurilib, 44,7 ming kvadrat metr yo‘laklar (94%) beton qorishma bilan qoplandi, 41 ta tashqi yoritish tizimlari (84%) taʼmirlandi va yangisiga almashtirildi hamda 4 ta umumfoydalanishdagi hojatxonalar (44%) yangitdan qurildi.
Qish mavsumi kirib kelishi bilan ko‘p qavatli uylarning 2448 ta framugalarga oynalar, kirish yo‘laklaridagi temir eshiklarga 3012 ta prujina yopish mexanizmlari, kirish yo‘laklaridagi tungi yoritish chiroqlariga 1336 dona energiya tejamkor lampalar va harakat datchiklari o‘rnatildi. Belgilangan reja-grafik asosida ishlar davom ettirilmoqda.
Bundan tashqari, yurtimizga kelgan anomal sovuq natijasida hududiy BSKlar tomonidan ko‘p qavatli uylarning 9045 ta kirish yo‘laklari qor va muzlamalardan tozalanib 316,5 ming kvadrat metr maydonga qum-tuz aralashmasi sepildi.
Viloyat boshqarma xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil qilingan bo‘lib, joylarda avariya dispetcherlik xizmatlari faoliyati, ularning maxsus asbob-anjomlar bilan taʼminlanganligi, vujudga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarning olib borilishi kunlik o‘rganib chiqilmoqda.
Bugungi kunda Toshkent viloyatida jami 4929 ta ko‘p kvartirali uylar va ulardagi 161037 ta xonadonlar 3132 ta ko‘p kvartirali uylar (64%) va 116427 ta xonadonlar (72%) issiqlik taʼminoti bilan taʼminlangan. Shulardan:
– markaziy va lokal qozonlar yordamida – 2182 ta (44%) uylar 82222 ta (51%) xonadonlar;
– ikki konturli qozonlar yordamida – 950 ta (19%) uylar 34144 ta (21%) xonadonlar;
– boshqa turdagi issiqlik tizimi yordamida (kalonka, golland pechlari va qo‘lbola usulda) – 1797 ta (37%) uylar 45851 ta (28%) xonadonlar.
Viloyatda 52 ta qozonxonalar mavjud bo‘lib, hozirda 46 tasi (89%) ishga tushirilgan. Qolgan 6 ta qozonxonalarda PQ–5118-sonli qaroriga asosan va 1 tasida issiqlik qabul qiluvchi isʼtemolchining ichki tarmoqlarida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda hamda 5 tasida tabiy gaz bosimi pastligi sababli hozirda ish faoliyatida emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “2018–2022-yilarda issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ–2912-sonli qarori asosida jami 3 mlrd 207 mln so‘m Davlat byudjeti mablag‘lari evaziga 2,99 km issiqlik tarmoqlari mukammal taʼmirlash rejalashtirilgan Jumladan:
Shundan, 3 mlrd 100 mln so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilgan bo‘lib, 1,6 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarini mukammal taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilgan.
Shu bilan birga korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan 31 ta qozonxonalar, 47 ta qozonlar va 72,296 km issiqlik tarmoqlari joriy taʼmirlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur rejaga nisbatan 31 ta qozonxonalar (100%)ga, 47 ta qozonlar (100%) ga va 72,296 km issiqlik tarmoqlari (100%)ga joriy taʼmirdan chiqarildi.
Bugungi kunda 7/24 rejimda faoliyat yurutuvchi viloyatning markaziy “1055”, 95 143 20 56 dispetcherlik xizmati hamda viloyatdagi 74 ta boshqaruv servis kompaniyalarinining avariya holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarinin ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi dispetcherlik xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligi qoshida 2022–2023-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, barcha kommunal yo‘nalishlarida aniqlangan avariya holatlarini tezda bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida tunu-kun avariya dispetcherlik 95 146 20 56 xizmati KUZ-QISH SHTABI tashkil qilingan.
Bundan tashqari, 2023 yil davomida viloyatdagi 94 ta uylarning 100 776 kvadrat metr tom qismini, 253 ta kirish yo‘laklarini, 156 ta elektr taqsimlovchi shitlarini, 106 ta temir eshiklar o‘rnatish, 45 ta uylarning yerto‘la qismini, 17 ta uylarning ichki muhandislik tarmoqlarini, 94 ta uylarning fasad qismini taʼmirlash bo‘yicha dastlabki manzilli dastur ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi PQ–5152-sonli qarori 3-ilovasiga asosan Respublika byudjetining 16 mlrd 426 mln so‘m mablag‘lari hisobiga 2023 yil davomida ko‘p qavatli uy-joy fondiga tutash hududlarda jami 79 ta bolalar maydonchasi, 59 ming kvadrat metr yo‘laklarni betonlash, 603 ta tashqi yoritish tizimini taʼmirlash va yangisiga almashtirish, 11 ta umumfoydalanishdagi hojatxonalarni yangidan qurish rejalashtirilgan.
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati