Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: 2022-yilda jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 2285 ta murojaat ijobiy hal etildi
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 23-, 34- va 35-moddalariga muvofiq, Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha monitoring qilindi.
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar ijrosi tahliliga ko‘ra, Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 2022-yil davomida jami 2285 ta kelib tushgan bo‘lib, shundan, 686 ta murojaat Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ICHB DUK (Olmaliq Issiklik manbai)ga, 1599 ta murojaat boshqarmaga tegishli.
Barcha murojaatlar o‘rnatilgan tartibda, taalluqliligi bo‘yicha boshqarma rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, boshqarma tizimidagi tashkilot rahbarlariga yetkazildi hamda murojaatlar ijrosi uchun masʼul etib belgilangan mansabdor shaxslar tomonidan ko‘rib chiqilishi taʼminlandi.
Murojaatlarning 2285tasi (100%) jismoniy shaxslardan kelib tushgan.
• 83 tasi og‘zaki sayyor qabullar orqali kelib tushagn murojaatlar.
Nazoratga olib ko‘rib chiqilgan jami 2285 ta murojaatdan, 1466 tasi qanoatlantirilgan, 818 tasi bo‘yicha huquqiy maʼlumot berish hamda tushuntirish ishlari olib borilgan, 1 tasi anonim murojaat hisoblanib ko‘rmasdan qoldirilgan.
Murojaatlarga tezkor javob berish maqsadida rasmiy veb-saytda “Onlayn-maslahatchi” moduli faoliyati joriy etilib, fuqarolarga onlayn maslahatlar berish yo‘lga qo‘yildi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish borasidagi ishlar tahlili boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olingan.
<div class="flourish-embed flourish-chart" data-src="visualisation/6274217"><script src="https://public.flourish.studio/resources/embed.js"></script></div>
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha bosh mutaxassisi X.Pardayeva