Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Ohangaron shahridagi “Ohangaron kelajak zamin” BSK tomonidan “Vatan” MFYdagi 4-ko‘p kvartirali uyning tom qismi joriy taʼmirlanmoqda (Foto)
Bosh sahifa | Glavnaya stranitsa
Toshkent viloyati Ohangaron shahrida jami 196 ta ko‘p kvartirali uylardan 178 tasiga 4 ta: “Ohangaron kelajak zamin”, “Ohangaron muxtasham uy”, “Sardorbek Sarvarbek kelajak qurilish”, “Kelajakk kompanyasi” Boshqaruv servis kompaniyalari xizmat qiladi.
Ohangaron shahrida “Vatan” MFY, 3-kichik tumandagi 1969 yilda qurilgan umumiy maydoni 1800 metr kvadratga ega bo‘lgan 4- ko‘p kvartirali uy mulkdorlarining murojaatiga asosan, tom qism 1600 metr kvadratga falgoizol mahsuloti bilan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur loyiha “Ohangaron kelajak zamin” MCHJ shaklidagi boshqaruv servis kompanyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
“Ohangaron kelajak zamin” MCHJ 2021-yil 15-fevralda tashkil etilgan. Ushbu BSK “Do‘stlik”, “Vatan”, “Guliston”, “Yoshlik”, “Adolat”, “Baxt”, “Nog‘ayqo‘rg‘on” hamda Ohangaron tumani “G‘alaquduq” MFYlarga, jumladan, 51 ta uy 2348 ta xonadon egalariga xizmat qilib kelmoqda.
“Vatan” MFYda 6 ta ko‘p kvartirali uylarda 340 ta xonadon mavjud. Ushbu uylarning kirish qismiga BSK bilan bog‘lanish uchun xodimlarning maʼlumoti maxsus eʼlon peshtaxtalarga qo‘yildi.
Shuningdek, “Vatan” MFYda 6 ta ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklari va yerto‘la qisimlari to‘liq dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
Maʼlumot uchun, “Vatan” MFY, 3- kichik tumandagi ko‘p kvartirali 1-; 2-; 3-; 4-; 5-; 6-uylar “Ohangaron kelajak zamin” BSK tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
24/7 ko‘rsatuvchi dispetcherlik xizmati telefon raqami 70 645-53-53
BSK rahbari Jamshid Fozilxonov, tel.: 99 482-24-30
Manzili: Ohangaron shahar 4-kichik tuman “Yoshlik” MFY 1-uy.
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati