Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Ohangaron shahrida “Ohangaron kelajak zamin” BSK binosi fotoelektr usulda elektr energiyasi ishlab chiqarishdan foydalana boshladi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Maʼlumki quyosh nurini elektromagnit to‘lqinlari deb qarash mumkin. Kvant nazariyasiga asosan, elektromagnit to‘lqinlariga nol massali elementar zarrachalar – fotonlar deb qaraladi.
Quyosh energiyasini fotoelektrik energiyaga qayta aylantirish asosida 1887 yilda Gers tomonidan yaratilgan, yorug‘lik fotonlaring baʼzi bir metallarning elektronlari bilan kirishuvi natijasida elektronlar maʼlum miqdordagi energiyaga ega bo‘ladilar. Mana shu energiyadan foydalangan holda quyosh energiyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektroenergiya olish mumkin. Bu jarayonga fotoeffekt hodisasi deyiladi.
Shunday kilib, fotoelektr yacheykalarida yorug‘lik nurlanish energiyasi elektr energiyasiga aylantiriladi. Fotoelektr yacheykalarini tayyorlashda birinchi bo‘lib mono yoki polikristall kremniydan foydalanilgan.
Keyingi vaqtlarda fotoelektr yacheykalar amorf kremniy, kadmiy – tellurid yoki mis – indiy-selindan yupka plyonkalar shaklida tayyorlana boshladi. Ularning foydali ish koeffitsenti qariyb 8 foizni tashkil etadi, biroq mono yoki polikristall kremniydan tayyorlanadigan fotoelektr yacheykalarga qaraganda tayyorlanishi arzonroqdir.
Mamlakatimizning bir qator tuman va shaharlarni energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, muqobil energiya manbalarini joriy qilish va rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilmoqda.
Xususan, Hukumatimiz tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining roli oshirilmoqda.
Binobarin, Toshkent viloyati Ohangaron shahrida “Ohangaron kelajak zamin” boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) binosiga quyosh panellari o‘rnatildi.
Ushbu quyosh paneli 1 soatda 5 kv ishlab chiqarish quvvatiga ega.
BSK tomonidan bir soatda 2 kv elektr energiyani sarflasa, 3 kv tejash imkoniyatiga egadir.
Bu esa, 3 kvni ko‘p qavatli uylarning yoritish chiroqlariga yo‘naltirish imkonini beradi.
“Ohangaron kelajak zamin” boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) “Do‘stlik”, “Vatan”, “Guliston”, “Baxt”, “Yoshlik”, “Adolat”, “Nog‘ayqo‘rg‘on” MFYlarga, jumladan, 51 ta uy 2348 ta xonadonga 2021-yil 15-fevraldan xizmat qilib kelmoqda.
– 22 ta uyning 500 mert ortiq oqava suv quvurlari va ichimlik suv tik quvurlari almashtirildi; – 6 ta uyning framugalariga 60 ta oyna qo‘yildi;
– 14 ta uyning 3700 kvadrat metr tom qismi joriy va mukammal taʼmirlandi;
– 6 ta uyning yerto‘la qismidagi muhandislik kommunikatsiyalari;
– 52 ta uyning 83000 kvadrat metr tutash hududlar obodonlashtirildi;
– 52 ta uyning kirish eshiklariga 147 ta prujinalar;
– 30 ta uyning kirish yo‘laklariga harakat chiroqlari (datchik dvijeniya) o‘rnatildi;
– 22 ta uyning 60ta sensorli chiroq o‘rnatildi;
Ohangaron kelajak zamin” BSK 24/7 ko‘rsatuvchi dispetcherlik xizmati telefon raqami 📲 70 64-5-53-53 orqali 100 dan ortiq tom qismida yog‘ingarchilik mavsumida tomdan chakka o‘tishi, kanalizatsiya quvurlari nosoz ahvoldaligi va boshqa murojaat hamda takliflar kelib tushgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu dispecherlik xizmatiga kelib tushgan murojaatlar o‘z vaqtida bartaraf etilishi bilan birga hududlarda mulkdorlar bilan o‘rganilgan muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, Toshkent viloyati Ohangaron shahrida jami 178 ta ko‘p kvartirali uylardan 4 ta boshqaruv servis kompaniyalari xizmat qiladi:
Ohangaron shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi axborot xizmati