April 13, 2023

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi: Chinoz tumani “Bunyodkor” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylarning old yo‘laklari taʼmirlanmoqda (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ–408-sonli qarori ijrosini taʼmilash maqsadida, ko‘p qavatli uylarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, ichki yo‘llar, tom va boshqa infratuzilma obyektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Chinoz tumani “Bunyodkor” MFYdagi 45 ta ko‘p qavatli uylarning old qismi yo‘laklari taʼmirlanmoqda.

Xususan, pudratchi “Nizomiddin imkon serviz” MCHJ tomonidan 2 km quyma beton mahsuloti bilan yotqizilmoqda.

Chinoz tumani Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi axborot xizmati