March 5, 2023

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi: Olmaliq shahridagi boshqaruv servis kompaniya(BSK)lari tomonidan ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari uchun umumiy yig‘ilish o‘tkazilmoqda.“Sihat-salomatlik stroy” BSK misoli (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Xabar berganimizdek, Toshkent viloyatida mavjud Boshqaruv servis kompaniyasi(BSK)lari tomonidan 2022-yil davomida mulkdorlardan undirilgan majburiy to‘lov badallari folgoizol, yotiq quvurlari, tik quvurlari, elektr taqsimlovchi qutilar, oqova quvurlari, qurilish mollari, issiqlik manbai, elektr energiyasi, obodonlantirish, bolalar maydonchasi taʼmiri uchun kabi yo‘nalishlarida sarflangan xarajatlari prezentatsiya ko‘rinishda havola etilmoqda.

Xususan, Olmaliq shahrida faoliyat olib borayotgan 8 ta: “Olmaliq kommunal servis”, “Injener ramz”, “Sihat-salomatlik stroy”, “Olmaliq taʼmirlash tiklash boshqaruv”, “BIG SKAN AS PLYS”, “GOLD SERVIS”, “SMART LYUKS BUILD”, “Mamlakat ona kelajak” boshqaruv kompaniyalari tomonidan ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlariga 2022-yilda amalga oshirilgan sarhisobi va 2023-yilda xizmat ko‘rsatish faoliyatiga doir ish-rejalari bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

“Sihat-salomatlik stroy” boshqaruv servis kompaniyasi(BSK)

“Ibn-Sino”, “Toshkent”, “Bogaro”, “Xamza”, “I.Karimov”, “A.Kahhor”, “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 58 ta ko‘p qavatli uylarga “Sihat-salomatlik stroy” boshqaruv servis kompaniyasi 2021-yil yanvar oyidan xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Ko‘p qavatli uylar soni 37 ta:

“Ibn Sino” MFY da - 8 ta;

“Toshkent” MFY da - 1 ta;

“Xamza” MFY da - 11 ta;

“A.Kahhor” MFY da -11 ta;

“I.Karimov” MFY da -20 ta;

“Bogaro” MFY da - 2 ta;

“Bo‘ston” MFY da - 5 ta.

“Sihat-salomatlik stroy” boshqaruv servis kompaniyasining daromad qismi:

– ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholining majburiy to‘lov badallari;

– aholining tashabbusi bilan to‘lanadigan bir martalik to‘lov;

– tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar mablag‘lari;

– maishiy chiqindi olib chiqishdan mablag‘lari.

“Sihat-salomatlik stroy” boshqaruv servis kompaniyasining qo‘shimcha daromad qismi:

– akfa plastik sexi mablag‘lari;

– shlakablok ishlab chiqarish sexi mablag‘lari;

– tikuv sexidan mablag‘lar.

Bugungi kunda BSKda 29 nafar ishchi-xodimlar: AUP – 4 kishi, gazel.payvandchi – 1 kishi, chilangar – 10 kishi, elektr ustasi – 2 kishi, farrosh – 5 kishi, nazoratchi – 7 kishiaholiga samarali xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Moddiy texnika bazasi: chiqindi tashuvchi yuk mashina ISUZU – 3 dona, yuk tashuvchi avtomashina Gaz-53 – 2 dona, yengil avtomashina Damas (dispecher xizmati uchun) – 1 dona, yengil avtomashina Neksiya – 1 dona.

Jumladan, 3 040 kvadrat metr tom qismi joriy taʼmirlanib, sovuq suv quvurlari 1 487 p/m, issiq suv quvurlari 2 443 p/m, ventillar 420 ta almashtirilib, kanalizatsiya tizimi joriy 549 p/m, suv nasoslari, tarnovlar, temir eshiklar, kirish yo‘laklari taʼmirlandi.

Ulug‘bek ko‘chasi 96-; 98-; 102-; 104-; 106-sonli ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklaridagi (podyezd) jami 200 donadan ortiq framuga qismiga AKFA plastik romlari o‘rnatildi.

Ulug‘bek ko‘chasi 80-; 84-; 88-ko‘p qavatli uylarda, A.Qahhor ko‘chasi 1-; 30-uylarda issiqlik tizimini meʼyor holatda sirkulyatsiya qilinishi uchun jami 10 dona suv nasoslar o‘rnatildi.

Ulug‘bek ko‘chasi 80-; 82-; 84-; 96-; 98-; 106-; 53-; 59-uylarda, H.Olimjon ko‘chasi 5-; 7-uylarda tom qismi jami 2700 kvadrat metr yumshoq qoplamali folgoizol mahsuloti bilan joriy taʼmirlandi.

“Sihat-salomatlik stroy” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan 2023-yil davomida ko‘p qavatli uylarda bajarilishi rejalashtirilgan ishlar quyidagilardan iborat:

•      Tom qismini taʼmirlash – 11 ta uy = 8520 kvadrat metr;

•      Quvur almashtirish – 18 ta uy=12254 p/m. (diametr har xil);

•      Elevator tizimini taʼmirlash – 4 ta uy;

•      Yerto‘la Markaziy щitlarni taʼmirlash-19 ta uy=30 ta щit;

•      Kirish yo‘laklarini taʼmirlash-3 ta uy=33 ta yo‘lak;

•      Framuga o‘rnatish (akfa) – 5 ta uy =217 ta framuga;

•      Bolalar maydonchasini taʼmirlash- 8 ta uy.

“Sihat-salomatlik stroy” boshqaruv servis kompaniyasi prezentatsiyasini yuklab olish.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-oktabrdagi O‘RQ–581-sonli “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasiga binoan ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining har yilgi umumiy yig‘ilishi kalendar yil tugaganidan (yangi yil boshlangandan) keyin oltmish kundan kechiktirilmagan holda chaqirilishi lozim deb ko‘rsatilib o‘tilgan.

Olmaliq shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi axborot xizmati