Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Chirchiq shahridagi issiqlik taʼminoti obyektlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi (Foto+video)
Bosh sahifa | Glavnaya stranitsa
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayevning topshirig‘iga asosan Chirchiq shahridagi ko‘p qavatli uylarning issiqlik taʼminoti tizimini hamda issiqlik taʼminoti obyektlaridagi qurilmalarda amalga oshiriladigan rejali taʼmirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish maqsadida, tegishli mutassadi tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator chora-tadbirlar belgilab olingan.
Chora-tadbirlar doirasida 5 ta nasos stansiyasini modernizatsiya va rekonstruksiya qilinmoqda. Xususan:
1. “KOMPAKT KOMFORT KONTAKT” MCHJ – “8-kichik nohiya” qozonxonasida 3 ta qozon va 7,1 km issiqlik tarmoqlar hamda yordamchi uskunalar demontaj qilindi.
D-500 mm 240 p/m issiqlik quvurlari demontaj qilindi.
Rossiya davlatidan 2 ta yangi qozonlar olib kelindi, yana 1 ta qozon olib kelinmoqda.
2. “KOMPAKT KOMFORT KONTAKT” MCHJ –“Rudaki” qozonxonasida 2 ta qozon va 7,3 km issiqlik tarmoq hamda yordamchi uskunalar demontaj qilindi.
Turkiya davlatining “Mimsan” kompaniyasi bilan 2 ta yangi qozonlar uchun pudratchi tashkilot tomonidan shartnoma tuzilgan.
3. “FAYSEL KONSTRUKTION” MCHJ – “Oq-qovoq” qozonxonasida 3 ta qozon va 1,5 km issiqlik tarmoq hamda yordamchi uskunalar demontaj qilindi.
4. “FAYSEL KONSTRUKTION”MCHJ – “Tug‘ruqxona” qozonxonasida 1 ta qozon va 1,0 km issiqlik tarmoq hamda yordamchi uskunalar demontaj qilindi.
5. “AZIMUT - MIG” SSS MCHJ – “Nur va Mirzog‘olib”MFY 1 ta, “G‘alaba, Sharq, Baxt” MFYlariga 3 ta avtanom qozonxona qurish va 6,2 km issiqlik tarmoqlarini almashtirish rejalashtirilgan.
Faqat 3 ta qozonxona binosi qurilgan, ichidagi jixozlar qozonlar va yordamchi uskunalar o‘rnatilish rejalashtirilgan.
Joriy taʼmirlashda amalga oshirilgan qo‘shimcha maʼlumotlar:
– 50,4 km bir marta gidravlik sinovdan o‘tkazildi;
– 20 ta turli quvvatlardagi qozonlardan 18ta qozonlarda joriy tamirlash ishlari yakunlangan;
– 50,4 km turli diametrlardagi issiqlik quvurlardan 42,1 km issiqlik tarmoqlarida joriy tamirlash ishlari yakunlangan;
– 2,41 km turli diametrlardagi issiqlik quvurlarini izolyatsiya qoplamalari bilan o‘ralgan;
– 9 ta markaziy qozonxonalardan 7 ta markaziy qozonxonalarda joriy tamirlash ishlari yakunlangan.
Chirchiq shahridagi ko‘p xonadonli uylarning aholisiga barqaror ravishda issiqlik taʼminoti tizimini, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tarmoqlarini yetkazib berishga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
Maʼlumot uchun, Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan ko‘p xonadonli uylarning aholisiga issiqlik va ichimlik suv taʼminoti hamda oqova suv xizmatlaridan foydalanish kabi mazkur yo‘nalishlarda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
FOTOLAVHALAR:
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati