September 28, 2022

Toshkent viloyati Angren shahridagi “DRUJBA BOSHQARUV SERVIS” tomonidan “Istiqlol” MFYdagi 14-ko‘p kvartirali uyning tom qismi joriy taʼmirlanmoqda (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Toshkent viloyati Angren shahrida jami 823 ta ko‘p kvartirali uylardan 747 tasiga 12 ta:

1. “OYDIN CENTRAL SERVICE”;

2. “ANGREN KOMMUNAL TA‘MIRLASH”;

3. “ANGREN BOSHQARUV SERVIS KOMPANYA 24-7”;

4. “ANGREN PARTNYOR BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI”;

5. “SERVICE CENTER DUKENT”;

6. “ANGREN CITY CENTRAL SERVICE”;

7. “DRUJBA BOSHQARUV SERVIS”;

8. “A‘LO ANGREN SERVIS”;

9. “CENTR YAHYOBEK BOSHQARUV SERVIS”;

10. “MUSTAQIL IDEAL BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI”;

11. “KOMFORT BOSHQARUV SERVIS XIZMATI”;

12. “MOUNTAINS CITY” Boshqaruv servis kompaniyalari xizmat qiladi.

“DRUJBA BOSHQARUV SERVIS” MCHJ 2021-yil 18-yanvarda tashkil etilgan. Ushbu BSK “Istiqlol”, “Gulzor” MFYlarga, jumladan, 54 ta uy 2254 ta xonadon egalariga xizmat qilib kelmoqda.

Angren shahrida “Istiklol” MFY, 6/4 daha 46 ta ko‘p kvartirali uy 4 kavatli bo‘lib, 1973 yildan 1984 yilgacha qurilgan, umumiy maydoni 95,9 ming metr kvadratga ega.

14-ko‘p kvartirali uy mulkdorlarining murojaatiga asosan, tom qism 450 metr kvadratga falgoizol mahsuloti bilan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

“Istiqlol” MFYda 46 ta ko‘p kvartirali uy jami 1710 ta xonadonda 5614 ta fuqaro istiqomat qiladi. 4 yo‘lakdan - 9 ta yo‘lakligacha uylardan iborat.

Bundan tashkari, BSK tomonidan joriy yilda 6/4 daha 4-ko‘p kvartirali uy tomi joriy 300 metr kvadratga falgoizol mahsuloti bilan taʼmirlandi.

129-ko‘p kvartirali uy 9 ta yo‘lakli bo‘lib 3 ta elevator issiqlik tizimi taʼmirlanmoqda.

Maʼlumot uchun, Istiqlol” MFYda 46 ta ko‘p kvartirali uyda “DRUJBA BOSHQARUV SERVIS” BSK tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

7/24 rejimda dispetcherlik xizmati telefon raqami +99894 930-47-46

BSK rahbari Hilola Saydaxmatova, tel.: +99894 431-53-35

Manzili: 6/4 daha, 17-uy.

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati