September 15, 2022

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi yanvar-avgust oylarida Boshqaruv tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob etildi (Foto)

Bosh sahifa | Glavnaya stranitsa

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumat tomonidan qabul qilingan Farmon, Qaror va Davlat dasturlarida kommunal sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, dasturlarda belgilangan parametrlarga erishish natijadorligi, UJMSHlarning kredit qarzdorliklarini muddatini uzaytirish (prolongatsiya) debitor qarzdorlikni undirish hamda og‘ir toifadagi shirkatlar faoliyatini tugatish va boshqaruv servis kompanyasiga biriktirish ishlarini jaddallashtirish, Markaziy issiqlik tizimiga ulangan ko‘p kvartirali uylarnining ichki issiqlik tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash (bosim ostida yuvish), “Mening uyim” billing tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Kommunal soha bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar va ularning ijrosi kabi masalalar bo‘yicha joriy yilning yanvar-avgust oylari natijalari hamda yil yakuni uchun ustuvor vazifalar tahliliga oid yig‘ilish o‘tkazildi.

Boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ–5152-sonli Qarorning 2-, 3-ilovasi, markaziy issiqlik tizimi, “Ijro.gov.uz” tizimida, kommunal sohaga oid jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda “Mening uyim” billing tizimini ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati ortda qolayotgan ishlarning barchasi nazoratsiz va o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi holatlari aniqlanayotganini keskin tanqid qildi.

Kommunal sohada amalga oshirilgan ishlar natijadorligi, Prezident Farmonlari bilan tasdiqlangan Davlat dasturlari hamda Qarorlarida belgilangan topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ishlarning bugungi kundagi holati qoniqarsiz ekanligi yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.

Viloyatning shahar va tumanlarida olib borilayotgan ishlarga qaramasdan, o‘tgan davr mobaynida ayrim tegishli xodimlar yetarli daraja ish tashkil eta olmaganliklari yoki o‘zlariga yuklangan vazifalarga masʼuliyatsizlik bilan yondashayotganliklari natijasida Davlat dasturlarida belgilangan ko‘rsatkichlar bajarilmayotganligini taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, viloyat bo‘yicha mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tegishli rahbarlar shu vaqtga qadar to‘g‘ri xulosa chiqarib olmagani keskin tanqid qilindi.

Boshqarma boshlig‘i yig‘ilish qatnashchilariga Hukumat tomonidan belgilangan topshiriqlarda ortda qolayotgan masalalar ijrosini taʼminlash ishlarini jadallashtirish lozimligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Mansur Xudayqulov so‘zga chiqib, 2022-yil issiqlik taʼminoti sohasida ko‘p kvartirali uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, berilgan topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning bugungi kundagi holati, mavjud muammolar, bajarilishi lozim bo‘lgan eng muhim yo‘nalishlar va ustuvor vazifalar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari markaziy issiqlik tizimiga ulangan ko‘p kvartirali uylarnining ichki issiqlik tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash va undan foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish kommunal sohadagi eng muhim yo‘nalishlardan biri sanalishi to‘g‘risida taʼkidlab o‘tdi.

Xususan:

Markaziy issiqlik tizimiga ulangan ko‘p kvartirali uylarning issiqlik tizimini bosim ostida yuvish bo‘yicha Angren shahrida 528 ta uydan 441 tasi (33%), Olmaliq shahar 636 ta uydan 357 tasi (34%), Chirsiq shahar 563 ta uydan 348 tasi (14%), Yangiyo‘l shahar 70 ta uydan 37 tasi (52%), Qibray tumani 45 ta uydan 40 tasi (21%),  ishlar to‘liq amalga oshirilmasdan o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.

Bugungi kunda viloyat bo‘yicha jami 4 929 ta ko‘p kvartirali uylar mavjudligi, ularga 23 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari va 72 ta boshqaruvchi tashkilotlar xizmat ko‘rsatib kelishini aytib o‘tdi.

Xususan:

– 23 ta ko‘p kvartirali uylar shirkatlarda (“og‘ir” toifadagi shirkatlar tasarrufidaligi; 113 ta), 4374 tasi esa boshqaruvchi tashkilotlar tasarrufida, 27 tasi o‘zini o‘zi boshqarishda va 330 tasi boshqa tashkilotlar balansida ekanligi;

– hozirda 23 ta shirkatlarning 13 tasi “og‘ir” (113 ta uylar), va 10 tasi “yaxshi” (85 ta uylar) toifadagi shirkatlarni tashkil etishi, o‘tkazilgan tahlil va monitoring natijalariga ko‘ra yil boshidan bugungi kunga qadar o‘zini-o‘zi boshqarish usulidagi ko‘p kvartirali uylar soni 27 tani tashkil qilishini aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, Bo‘ka, Piskent, O‘rtachirchiq, hamda Qibray tumanida boshqaruv servis kompaniyalari tashkil etilgan bo‘lsada bo‘lim rahbarlari tomonidan nazorat qilinmasdan o‘z holiga tashlab qo‘yilgan

O‘rganish natijalariga ko‘ra, viloyat bo‘yicha “Mening uyim” tizimi orqali jami 9 mlrd 895 mln so‘m pul mablag‘i aylangan bo‘lib, hududlarda yig‘ilgan majburiy badallar “Mening uyim” billing tizimi orqali kelib tushgan mablag‘lar bilan solishtirganda, Angren 57%, Oxangaron 67%, Yangiyo‘l 43%, shahar va O‘rtachirchiq 0%, Bo‘ka 17%, Bo‘stonliq 0%, Qibray 5%, Piskent 5%, Oqqo‘rg‘on 28, Parkent 28%, Chinoz 50%, tumanlarida billing tizimi orqali majburiy badal tushumlari aylanmasi juda past ko‘rsatkichda ekanligi bu borada ham shahar, tuman bo‘limi boshliqlari ishlarni reja asosida tashkil qilmaganligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilish davomida Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi Xumora Pardayeva so‘zga chiqib, 2022-yil boshidan mjko.ijro.uz elektron hujjatlar aylanish tizimi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida hisobot berdi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi va shahar, tuman bo‘limlarining mjko.ijro.uz elektron hujjatlar aylanish tizimi orqali joriy yil davomida jami 926 ta murojaatlar yuborilgan bo‘lib (yangi kelib tushgan, ijroga qaytarilgan), shundan 879 tasi ijrosi o‘z muddatida taʼminlangan, biroq shahar, tuman bo‘limlari masʼullari tomonidan mjko.ijro.uz elektron hujjatlar aylanish tizimi orqali 259 tasi muddati kechikitirib kiritilgan, 47 tasi jarayondaligi haqida aytib o‘tildi.

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis hisobotida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarga masʼuliyat bilan yondashgan holda ularni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, muammolarni hal etish va takroriy murojaatlar kelib tushishi oldini olish choralari ko‘rilayotganligi va masalalarni tezkor hal etish yuzasidan nazorat ishlari joylarda kuchaytirilmaganligi amaldagi qonunchilikda ko‘rsatilgan talablar asosida ish faoliyatini olib bormayotgan tizim tashkilotidagi rahbar va masʼul xodimlarga nisbatan boshqarma boshlig‘i tomonidan taʼsirchan choralar ko‘rilishi yuzasidan to‘xtaldi.

“Mening uyim” billing tizimi bo‘yicha Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Otabek Maxmudov so‘zga chiqib, 2022 yilda kommunal sohaga axborot texnologiyalari (AKT) joriy etilishining bugungi kundagi holati to‘g‘risida hisobot berdi.

Jumladan, Viloyat hududlaridagi ko‘p kvartirali uy-joylarning xonadonlar maʼlumotlari bazasini avtomatik shakllantirish bo‘yicha Ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga bog‘langanligi hamda yagona manzillar reestri bilan integratsiya qilinib, axborot tizimlariga ulanganligi hamda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashgan platforma orqali jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish maqsadida texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilib, tasdiqlanganligi hamda billing tizimi Markaziy bankning kliring “MUNIS” tizimiga integratsiya qilinib, majburiy badallarni tijorat banklari kassalaridan qabul qilish imkoniyati yaratilganligiga to‘xtalib o‘tdi.

2022-yilda kommunal sohada amalga oshirilgan ishlar natijadorligi, Prezident Farmonlari bilan tasdiqlangan Davlat dasturlari hamda qarorlarida belgilangan topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning bugungi kundagi holati, mavjud muammolar hamda bajarilishi lozim bo‘lgan eng muhim yo‘nalishlar va ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini so‘zsiz taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasidan kelib chiqib ishlar tashkillashtirish belgilab berildi.

Yig‘ilish so‘ngida Boshqarma boshlig‘i Sardor Ubaydullayev yurtimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami –jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 31 yilligi bilan boshqarma va tuman-shahar bo‘lim ishchi xodimlarni tabriklab, “Viloyatimizning Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tarmog‘ining yuksalish yo‘lidagi samarali xizmatlari va O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi” bayrami munosabati bilan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi.

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Matbuot xizmati