September 7, 2022

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: “Ishchi guruh” tomonidan Angren shahrida ko‘p kvartirali uylarga xizmat qiluvchi Boshqaruv servis kompaniyasi rahbarlari bilan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

Bosh sahifa | Glavnaya stranitsa

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari tomonidan Angren shahridagi ko‘p kvartirali uylarning holatini joyida o‘rganish ishlari olib borildi.

Angren shahar hokimi 2022- yil 10-avgust oyida tasdiqlagan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan ishlab chiqilgan reja-grafik bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, BSK rahbarlari ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlari bilan samarali ishlash, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot tizimini yangi darajaga olib chiqish maqsadida, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari boshchiligida 12 ta BSK rahbarlari ishtirokida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli Qarori hamda Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar ijrosini sifatli bajarish ustuvor vazifalardan ekanligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) tomonidan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning hisoboti tinglandi.

“Billing” tizimi orqali majburiy badal to‘lov mablag‘lari aylanmasining shaffofligi yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi bo‘yicha BSK rahbarlariga tegishli tartibda ko‘rsatmalar berildi.

Angren shahrida ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi tomonidan uylarning yerto‘la, tom qismlari va boshqa ta’mirtalab masalalar bo‘yicha 200 tadan ortiq murojaatlar yo‘llangan.

Yig‘ilish so‘nggida mas‘ul rahbarlarga quyidagi topshiriqlar berildi:

– debitor qarzdorliklarni undirish ishlarini jadallashtirib, majburiy badal to‘lovlarini “Billing” tizimi orqali amalga oshirish;

– fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish;

– viloyatda olib borilayotgan islohotlarni aholiga yetkazish;

– ko‘p qavatli uy-joy mulkdorlari bilan samarali ishlash;

– aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot tizimini yangi darajaga olib chiqish.

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Matbuot xizmati