November 16, 2022

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Chirchiq shahridagi issiqlik taʼminoti obyektlari holatini boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘rganib chiqildi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning 2022-yil 17-oktabrdagi “2022–2023-yilgi kuz-qish davrida isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi bilan taʼminlash to‘g‘risida”gi №548-10-0-Q/22 sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Chirchiq shahridagi issiqlik taʼminoti obyektlari holatini Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev tomonidan o‘rganilib chiqildi.

O‘rganishlar natijasida Chirchiq shahar “Issiqlik manbai” ICHB tasarrufidagi qozonxonalarda quyidagilar maʼlum bo‘ldi:

“Yubileynaya” qozonxonasi

(Manzil: Chirchiq shahri 1-kichik nohiya)

– 175 ta ko‘p qavatli uylardan – 19 ta issitish tizimi (otopleniya) va issiq suv oladi, 136 ta uylar faqat issiq suv oladi.

– 8 ta ijtimoiy soha obyektlaridan – 8 ta issitish tizimi (otopleniya) bilan taʼminlanadi.

– 1 ta qozon va yordamchi uskunalari hamda 18 km issiqlik tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan.

“OKBA” qozonxonasi

(Manzil: Chirchiq shahri A.Temur ko‘chasi)

– 71 ta ko‘p qavatli uylardan – 59 ta issitish tizimi (otopleniya) va issiq suv oladi, 8 ta uylar faqat issiq suv oladi

– 9 ta ijtimoiy soha obyektlaridan – 9 ta issitish tizimi (otopleniya) bilan taʼminlanadi.

– 1 ta qozon va yordamchi uskunalari hamda 9,6 km issiqlik tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, hozirgi kunda “OKBA” qozonxonasi kuz-qish mavsumiga tayyor.

“Do‘stlik” qozonxonasi

(Manzil: Chirchiq shahri Pushkin ko‘chasi)

– 25 ta ko‘p qavatli uylardan – 15 ta issitish tizimi (otopleniya) va issiq suv oladi, 6 ta uylar faqat issiq suv oladi

– 1 ta ijtimoiy soha obyektlaridan – 1 ta issitish tizimi (otopleniya) bilan taʼminlanadi.

– 1 ta qozon va yordamchi uskunalari hamda 1,02 km issiqlik tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, hozirgi kunda “Do‘stlik” qozonxonasi kuz-qish mavsumiga tayyor, hozirda qozonxona ish faoliyatida.

“O‘zbekximmash” qozonxonasi

(Manzil: Chirchiq shahar Furqat ko‘chasi)

– 38 ta ko‘p qavatli uylardan – 32 ta issitish tizimi (otopleniya) va issiq suv oladi.

– 9 ta ijtimoiy soha obyektlaridan – 9 ta issitish tizimi (otopleniya) bilan taʼminlanadi.

– 2 ta qozon va yordamchi uskunalari hamda 8,3 km issiqlik tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, hozirgi kunda “O‘zbekximmash” qozonxonasi kuz-qish mavsumiga tayyor.

“Rudaki” qozonxonasi

(Manzil: Chirchiq shahar Rudaki ko‘chasi)

– 65 ta ko‘p qavatli uylardan – 12 ta issitish tizimi (otopleniya) va issiq suv oladi, 24 ta uylar faqat issiq suv oladi.

– 6 ta ijtimoiy soha obyektlaridan – 6 ta issitish tizimi (otopleniya) bilan taʼminlanadi.

– 2 ta qozon va yordamchi uskunalari hozirgi kunda taʼmirlanmoqda, 9 km issiqlik tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, hozirgi kunda “Rudaki” qozonxonasi kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirish ishlari davom etmoqda.

“Bolalar kasalxonasi” qozonxonasi

(Manzil: Chirchiq shahar Saodat ko‘chasi)

– 23 ta ko‘p qavatli uylardan – 2 ta issitish tizimi (otopleniya) va issiq suv oladi, 7 ta uylar faqat issiq suv oladi.

– 3 ta ijtimoiy soha obyektlaridan – 3 ta issitish tizimi (otopleniya) bilan taʼminlanadi.

– 1 ta qozon va yordamchi uskunalari hamda 2,5 km issiqlik tarmoqlarida joriy tamirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, hozirgi kunda “Bolalar kasalxonasi” qozonxonasi kuz-qish mavsumiga tayyor hozirda qozonxona ish faoliyatida.

“Oq-qovoq” qozonxonasi

(Manzil: Oq-qovoq qo‘rg‘oni)

– 17 ta ko‘p qavatli uylardan – 14 ta issitish tizimi (otopleniya) oladi, 2 ta uylar faqat issiq suv oladi.

– 2 ta ijtimoiy soha obyektlaridan – 2 ta issitish tizimi (otopleniya) bilan taminlanadi.

– 1,0 km issiqlik tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, hozirgi kunda “Oq-qovoq” qozonxonasi kuz-qish mavsumiga tayyor.

“Tug‘ruqxona” qozonxonasi

(Manzil: Chirchiq shahar A.Navoiy ko‘chasi)

– 9 ta ko‘p qavatli uylardan – 9 ta issitish tizimi (otopleniya) oladi, 1 ta uylar faqat issiq suv oladi.

– 2 ta ijtimoiy soha obyektlaridan – 2 ta issitish tizimi (otopleniya) bilan taminlanadi.

– 1 ta qozon va yordamchi uskunalari hamda 0,560 km issiqlik tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, hozirgi kunda “Tug‘ruqxona” qozonxonasi kuz-qish mavsumiga tayyor hozirda qozonxona ish faoliyatida.

“8-kichik nohiya” qozonxonasi

(Manzil: Chirchiq shahar 10-kichik nohiya)

– 108 ta ko‘p qavatli uylardan – 1 ta issitish tizimi (otopleniya) olgan, 106 ta uylar faqat issiq suv olgan.

– 3 ta ijtimoiy soha obyektlaridan – 3 ta issitish tizimi (otopleniya) bilan taʼminlangan.

“Sharq” qozonxonasi

(Manzil: Chirchiq shahar Shark ko‘chasi)

– 4 ta ko‘p qavatli uylardan – 4 ta issitish tizimi (otopleniya) oladi.

– 2 ta qozon va yordamchi uskunalarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, hozirgi kunda “Sharq” qozonxonasi kuz-qish mavsumiga tayyor.

“A.Temur” qozonxonasi

(Manzil: Chirchiq shahar A.Temur ko‘chasi)

– 3 ta ko‘p qavatli uylardan – 3 ta issitish tizimi (otopleniya) oladi.

– 2 ta qozon va yordamchi uskunalarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, hozirgi kunda “A.Temur” qozonxonasi kuz-qish mavsumiga tayyor.

“10-maktab” qozonxonasi

(Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi)

– 10-sonli umum o‘rta taʼlim maktabi binosi issitish tizimi (otopleniya) bilan taʼminlanadi.

– 2 ta qozon va yordamchi uskunalarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, hozirgi kunda “10-maktab” qozonxonasi kuz-qish mavsumiga tayyor.

“18-maktab” qozonxonasi

(Manzil: Chirchiq shahar A.Qodiriy ko‘chasi)

– 18-sonli umum o‘rta taʼlim maktabi binosi issitish tizimi (otopleniya) bilan taʼminlanadi.

– 2 ta qozon va yordamchi uskunalarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, hozirgi kunda “18-maktab” qozonxonasi kuz-qish mavsumiga tayyor.

“22-maktab” qozonxonasi

(Manzil: Chirchiq shahar Qirq-o‘rik ko‘chasi)

– 22-sonli umum o‘rta taʼlim maktabi binosi issitish tizimi (otopleniya) bilan taʼminlanadi.

– 2 ta qozon va yordamchi uskunalarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, hozirgi kunda “22-maktab” qozonxonasi kuz-qish mavsumiga tayyor.

Boshqarma boshlig‘i Sardor Ubaydullayev issiqlik manbalaridan chiqadigan issiqlik energiyasi aylanma harakatini ishga tushirilishini ko‘zdan kechirib, issiqlik tizimini tegishli tartibda nazoratini kuchaytirish bo‘yicha mutaxassis va rahbarlariga topshiriqlar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Chirchiq shahridagi ko‘p xonadonli uylarning aholisiga barqaror ravishda issiqlik taʼminoti tizimiga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Doston Aliaxunov