Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Uy-joy fondi hududiy inspeksiyasi o‘rganishlar natijasida boshqaruv tashkilotlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar oqibatida kamomadlar aniqlandi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi 2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ–581-son “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Prezidentning 2021-yil 19-maydagi PQ–5152-son “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan, Toshkent viloyati Uy-joy fondi hududiy inspeksiyasi rahbari Doniyor Ahmedov tomonidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Viloyati Uy-joy fondi hududiy inspeksiyasi vakolatlari O‘RQ–581-son Qonunning 12 moddasida quyidagicha belgilab qo‘yilgan:
– ko‘p kvartirali uylarni, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini sanitariya normalariga, qoidalariga va gigiyena normativlariga muvofiq saqlash bo‘yicha talablarga va ulardan texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishi hamda mulkdorlar tomonidan joylarning o‘zboshimchalik bilan qayta qurilishiga va qayta rejalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi;
– belgilangan qoidalarga rioya etilishi va umumiy mol-mulkni, ko‘p kvartirali uylarning old tomonlarini, uylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlash-tiklash ishlarining tizimli ravishda olib borilishi;
– uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlari tomonidan tegishli xizmatlar ko‘rsatishda texnik tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi;
– ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining ko‘p kvartirali uylarni kapital taʼmirlashni amalga oshirish uchun jamg‘ariladigan mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
– ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga yoki joylarning mulkdorlariga — ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan texnik foydalanish qoidalarining hamda ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarining buzilish hollarini bartaraf etish yuzasidan;
– uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlariga — tegishli xizmatlar ko‘rsatishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish vakolatlari beriladi.
– Uy-joy fondi inspeksiyasining qarorlari, uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Uy-joy fondi hududiy inspeksiyasi tomonidan qurilishi tugallanib, foydalanishga topshirilgan ko‘p kvartirali uy-joy obyektlarini (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) va unga tutash hududlarni hamda ko‘p kvartirali uy-joylardagi muhandislik uskunalarining rekonstruksiya qilingan tizimlarini o‘rganish davomida qurilish (rekonstruksiya) loyihasidan chetga chiqish holatlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yoki ushbu obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:
Toshkent viloyati Ohangaron shahar
– “Uy-Joy Servis” UJMSHda o‘tkazilgan tekshirishda 26 720 528 so‘m;
– “Muruvvat Gulshani” UJMSHda o‘tkazilgan tekshirishda 94 765 024 so‘m;
– “Oxangaron Oq yo‘l” UJMSHda o‘tkazilgan tekshirishda 105 720 974 so‘m;
– “Muruvvat Gulshani” UJMSHda o‘tkazilgan tekshirishda 73 016 750 so‘m kamomad aniqlandi.
Yangiyo‘l shahar
“Mohir Kommunalchi” UJMSHda o‘tkazilgan tekshirishda 21 614 000 so‘m kamomad aniqlandi.
Zangiota tuman
“Uy-joy Kommunal Qurilish Servis” UJMSHda o‘tkazilgan tekshirishda 220 838 136 so‘m kamomad aniqlandi.
Chirchiq shahar
– “Chirchiq G‘ayrat Plyus” UJMSHda o‘tkazilgan tekshirishda 242 374 949 so‘m;
– “Sabina Plyus Servis” UJMSHda o‘tkazilgan tekshirishda 38 676 436 so‘m;
– “Nurchi” UJMSHda o‘tkazilgan tekshirishda 61 898 624 so‘m;
– “Ittifoq-Plyus Servis” UJMSHda o‘tkazilgan tekshirishda 146 625 000 so‘m.
Parkent tuman
– “Fidokor” UJMSHda o‘tkazilgan tekshirishda 28 867 490 so‘m;
– “Bunyod” UJMSHda o‘tkazilgan tekshirishda 51 302 780 so‘m kamomad aniqlandi.
Yangiyo‘l tuman
– “Ahil Obod Uylari” UJMSHda o‘tkazilgan tekshirishda 70 633 800 so‘m.
ESLATMA: Agar ko‘p kvartirali uyda shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga va mol-mulkiga yoki atrof-muhitga haqiqiy xavf tug‘diradigan holatlar yuzaga kelsa, Uy-joy fondi inspeksiyasi bu haqda joylarning mulkdorlarini va ko‘p kvartirali uyni boshqarish organini oldindan xabardor qilgan holda faoliyat yuritadi.
Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 3-yanvardagi 3-sonli Qarori 1-ilovasi 4-bob:
13-moddasiga asosan, Billing tizimi boshqarish organi hamda joylar mulkdorlari va boshqa foydalanuvchilar o‘rtasida bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar, shuningdek, to‘langan majburiy badal va to‘lovlar, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bo‘yicha boshqa maʼlumotlar almashish jarayonidan iborat.
Boshqarish organlari tomonidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini billing tizimi orqali amalga oshirilishi majburiydir.
16-moddasiga asosan, Boshqarish organi tomonidan boshqaruv faoliyati billing tizimi orqali yuritilishi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Uy-joy fondi inspeksiyasi) tomonidan kuzatib boriladi.
Тошкент вилояти Уй-жой фонди ҳудудий инспекцияси ахборот хизмати